Bugun Oʻzbekistonda prokuratura organlari xodimlari kuni nishonlanmoqda
Yurtimizda barqaror tinchlik oʻrnatish, aholining osoyishta hayot kechirishini taʼminlash uchun jinoyat va huquqbuzarliklarga barham berish borasida sohada prokuratura xodimlari tomonidan ham tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jinoyatchilik, huquqbuzarlikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar oʻz samarasini berib, ularning kamayishiga erishilmoqda.
Prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish organlarining saʼy-haraktlari natijasida tumanda umumiy jinoyatchilik 2018-yil dekabr oyida oldingi yilga nisbatan 111 taga yoki 47,2 foizga kamaydi. Jumladan, uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar 80 taga (76,9 foizga), ogʻir turdagi jinoyatlar 12 taga (33,3 foizga), oʻta ogʻir jinoyatlar 5 taga (62,5 foizga) kamaytirishga erishildi. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlar esa 7 taga – 43,7 foizga, muqaddam sudlanganlar jinoyati 11 taga –52,3 foizga, mast holda sodir qilingan jinoyatlar 7 taga - 58,3 foizga, ishsizlar tomonidan qilingan jinoyatlar 42 taga – 64,6 foizga kamaygan.
Shuningdek, oʻgʻirlik jinoyati 29 taga, yaʼni 55,7 foizga, iqtisodiy jinoyatlar 9 taga, yaʼni 47,3 foizga hamda avtohodisa, hayotni xavf ostida qoldirib tashlab ketish, qonunga xilof ravishda qurol saqlash, giyohvand moddalar yetishtirish kabilar bilan bogʻliq jinoyatlar 23 taga, yaʼni 40,3 foizga kamayishiga erishildi.
Bugungi kunda huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishda samaradorlikka erishish uchun tizimli va taʼsirchan mexanizmlardan foydalanib, ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar oʻrganishlar natijasida bartaraf etilmoqda. Bu boʻyicha tegishli chora-tadbirlar qoʻllanilib, qonuniylikni yanada mustahkamlash borasidagi huquq-targʻibot ishlari kuchaytirilmoqda.
Bugun kasb bayramlarini nishonlayotgan prokuratura xodimlarini tahririyatimiz nomidan qizgʻin qutlaymiz. Adolat oʻrnatilishida jonbozlik koʻrsatib kelayotgan soha xodimlariga qonunni ishonchli himoya qilishdek masʼuliyatli va sharafli ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶