JANOZA MAPOSIMLAPIDA IMOMLAP NIMALAPNI TAPGʻIB QILMOQDA?
Muqaddas Islom dinimizda oʻz joniga qasd qilish qatʼiyan qoralanadi. Shu bois, Yusuf Eshon bobo jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapoyev rahbarligida tumanimizning barcha mahallalarida oʻz joniga qasd qilish musulmonlar uchun qanday oqibatlarga olib kelishi, dafn marosimlarini oʻtkazish borasidagi shariat qonun-qoidalari xususida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 10-yanvar kuni Arna boʻyi mahallasida Oʻzbekiston Musulmonlar idorasining marhumni dafn etish marosimida bidʼat va xurofotlarga barham berish toʻgʻrisidagi Fatvosi yuzasidan keng aholi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlari amalga oshirildi. 250 nafardan ziyod kishi ishtirok etgan ushbu targʻibot tadbirida janoza marosimlarida ovqat pishirish, motam oshining karohiyatlari, janoza namozi, tayammum va musulmonlarning bir-biridagi haqlari nimalardan iborat ekanligi tushuntirildi. Ayniqsa, Oʻzbekiston Musulmonlar idorasining oʻz joniga qasd qilish ogʻir gunoh ekanligi, shuningdek, bidʼat va xurofotlarga barham berish toʻgʻrisidagi “Fatvosi”ning mazmun-mohiyati aholiga yetkazildi. Ushbu “Fatvo” talablaridan kelib chiqib, imom-xatiblar oʻz joniga qasd qilgan mayyitlarga janoza oʻqimasligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Toshyop ovulida hamda Doʻstlik mahallasida boʻlib oʻtgan janoza marosimlarida ham Oʻzbekiston musulmonlar idorasining bidʼat va xurofotlarga barham berish toʻgʻrisidagi “Fatvo” sida belgilangan shariat qonun-qoidalari, janoza marosimlaridagi ovqat pishirish, jonliq soʻyish. qora (motam) oshining karohiyatlari, janoza namozi, tayammum musulmonning bir-birlariga haqlari hamda oʻz joniga qasd qilish ogʻir gunoh ekanligi va bunday gunohkor bandalarga imom-xatiblar janoza oʻqimasligi haqida tushuntirildi.
Mahalla imomlari tomonidan tushuntirish-targʻibot ishlari tumanning boshqa hududlarida ham amalga oshirilmoqda.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶