SAYLOVGA DOIP TAPGʻIBOT - TAShVIQOT IShLAPINI OLIB BOPAYaPMIZ
Mamlakatimiz hayotida muhim ijtimoiy -siyosiy voqea – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga deputatlar saylovi tobora yaqinlashmoqda. Saylovga tayyorgarlik ishlariga “Yangi Oʻzbekiston. Yangi saylovlar” shiori ostida start berilgan edi. Boisi bu yilgi saylovlarni yangi qabul qilingan Saylov kodeksiga muvofiq va umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar talablariga mos, ochiq, oshkora oʻtkazilishini taʼminlashning barcha choralari amalga oshirilmoqda.
Men raislik qilayotgan 55- sonli maktabda joylashgan 88- saylov uchastkasida 2657 nafar saylovchilar bor. Shu kungacha uchastka saylov komissiyamiz joylashgan xonalar talablar darajasida bezatildi va saylovga doir adabiyotlar, qonuniy -meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlandi, barcha aʼzolarimiz bir jon - bir tan boʻlib saylovoldi targʻibot –tashviqot ishlarini olib borayapmiz.Saylovlar kunida bir saylovchi – bir ovoz tamoyilini taʼminlash uchun fuqarolar koʻnglida yurtimiz kelajagi uchun daxldorlik hissini yuksaltirishga, ularning eng munosib nomzodlarga ovoz berishi fuqarolik burchi ekanligini tushuntirishga harakat qilayapmiz. Shuningdek, saylovlar kunida barcha toifadagi saylovchilar uchun, yaʼni yosh bolali ayollar, keksalarning ham emin-erkin ovoz berishlariga sharoitlar yaratayapmiz.
Shu kungacha saylov uchastkamiz hududidagi barcha xonadonlarda yashovchi , saylovda ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning elektron roʻyxati shakllantirildi va ular yangi qabul qilingan Saylov kodeksidagi ovoz berish tartibidagi va boshqada oʻzgarishlardan xabardor qilindi. Maqsadimiz 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga boʻladigan saylovlarni demokratik tamoyillarga mos, namunali va faollik bilan oʻtkazishga erishishdir.
Davron APIKOV, 88- uchastka saylov komissiyasi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶