Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudida 2018-yilda 640 ta fuqarolik ishlari koʻrib chiqildi
Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi tomonidan 2018-yil davomida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali ximoyalanishini taʼminlash, ishlarni qonunda belgilangan muddatlarda sifatli koʻrib chiqish va aholi oʻrtasida huquqiy-targʻibot ishlarini olib borish muntazam amalga oshirib borilmoqda.
Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudiga oʻtgan yil davomida fuqarolardan ariza, daʼvo ariza va xat-xabarlar, jami 1715 ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlar asosida 640 ta fuqarolik ishlari koʻrildi.
Yakunlanlangan ishlardan 524 ta ish boʻyicha hal qiluv qarorlari chiqarilgan boʻlib, shundan 479 ta ish boʻyicha daʼvo arizalar qanoatlantirildi va 45 ta ish boʻyicha daʼvo arizalar rad etildi.
Jumladan, 116 ta ish boʻyicha ajrimlar chiqarilgan boʻlib, 78 tasi ish yuritishdan tugatildi, 38 ta ariza esa koʻrmasdan qoldirildi. Tartibga koʻra jami 1991 arizalar boʻyicha sud buyrugʻi chiqarildi.
Koʻrib chiqilgan ishlardan 478 fuqarolik ish daʼvo tartibidagi ishlar, 162 fuqarolik ish alohida tartibda koʻriladigan ishlar, yaʼni yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni tasdiqlash, farzandlikka olish, fuqaroni muomala layoqatini yoʻqotgan deb topishga oid ishlardir.
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumani sudi tomonidan aholi oʻrtasida jami 28 marotaba uchrashuvlar oʻtkazilib, ularda 1092 fuqaro ishtirok etdi. Undan tashqari, 2954 ijro hujjatlari majburiy ijro byurolariga ijro uchun yuborildi. Yil davomida Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan 257 ta, yaʼni 40,2 foiz fuqarolik ishlari sayyor sud majlislarida koʻrib chiqildi.
Sud organlari tizimida odil sudlovni taʼminlash borasidagi belgilangan vazifalarni bajarish, bugungi kunda mamlakatimizdagi sohada olib borilayotgan islohotlarni izchil amalga oshirib, adolat oʻrnatish biz soha xodimlarining ustuvor vazifamiz hisoblanadi.
Ye. Uteniyazov,
Fuqarolik ishlari boʻyicha
Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶