Obodlik barq ursin
Mehnat kişisining jamiyat hayotida faol iştirokini taʼminlaş, eng avvalo ona va bola reproduktiv salomatligiga erişiş, har bir oila, har bitta xonadonda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş borasida istiqlol yillarida juda katta miqyosda işlar olib borildi.
Bizning "Çoyköl” ovulimiz hududi 2591 gektarni taşkil etadi. Ovulimizda 5,5 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. 772 ta xonadonga birikkan 870 dan ziyod oilalarda özbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, tatar, rus va boşqird millatlari vakillari özaro ahil, hamjihatlikda yaşaşadi. Ovulimizda 1 ta madaniyat uyi, 1 ta kutubxona, TTBga qaraşli "Salomatlik” markazi, 1 ta qişloq vraçlik punkti va 2 ta feldşer-akuşerlik punktlari mavjud. 2 ta umumtaʼlim maktablarida farzandlarimizning umumiy örta taʼlim olişlari, sport bilan şuğullanişlari uçun barça şart-şaroitlar yaratilgan.
Biz aholining turmuş farovonligini yuksaltiriş, oilalarda soğlom turmuş tarzini şakllantiriş töğrisida köp gapiramiz. Va ana şu maqsadlarni ifoda etuvçi rejalar tuzamiz. Aholi uçun esa ana şu rejalarning amaliy ijrosi muhim. Biz ana şunday rejalarimizni amalga oşiriş jarayonida köplab muammolarni hal qilamiz. Çunonçi, ovul hududidagi 9 ta aholi punktidagi köça va hovlilarning tozaligi, aholining toza içimlik suvi bilan taʼminlaniş ahvoli, yoşlar tarbiyasi, ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlodning har xil diniy-ekstremistik oqimlar taʼsiriga tuşib qolmasliklari uçun ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlarini, iş bilan bandligini taʼminlaş kabi masalalar doimiy diqqat markazimizda.
Bahor va kuz mavsumlarida olib borilgan obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş tadbirlarida barça oilalar faol iştirok etişdi. Natijada hududimizda yaşil maydonlar yil sayin kengayib, yangi-yangi boğ-roğlar bunyod etilmoqda. Aholi tomorqasi uçun ajratilgan 30 gektardan ziyod unumdor yerlar möl-köl daromad manbaiga aylangan. Çoykölliklar hayoti halol va fidoyi mehnatlari bilan kun sayin farovonlaşib borayotganlari ham şundan. Aholi xonadonlarida 3500 boşga yaqin yirik şoxli qoramollar, 2100 boş qöy-qözi, salkam 1000 boş parranda zooveterinariya qoidalari asosida parvariş qilinmoqda. Ovul ahli uçun göşt va sut mahsulotlari, meva-çeva, don-dun, poliz va sabzavot mahsulotlarini tanlab isteʼmol qiliş imkoniyatining mavjudligi farzandlarimizning har tomonlama soğlom voyaga yetişlarida muhim omil hisoblanadi.
Oilaviy va xususiy tadbirkorlik, kasanaçilik va uy mehnati bilan şuğullanuvçilar soni yil sayin ortib bormoqda. 3 ta xususiy dökon, 1 ta oşxona, 1 ta hammom va 14 ta maişiy xizmat körsatiş şoxobçalarida ovul yoşlari faoliyat olib borişmoqda. 120 nafardan ziyod yoşlar esa uy mehnati va kasanaçilik bilan şuğullanişadi. 3 ta xususiy tikuvçilik tsexida ustoz-şogird anʼanasi asosida ovul yoşlari kasb-hunar sirlarini örganişmoqda.
Xalqimizda: "sen elim, deb qayişsang, el seni deydi”, - degan hikmatli ibora bor. Bu hikmatning hayotiy ifodasi şundaki, kimki el-yurt obodligi, farovonligi yölida fidoyilik qilib yaxşilik nihollarini östirar ekan, bu yaxşilik yöli hamişa oboddir. Zero, bu hayotda özimizdan qolgusi uluğ neʼmat ana şu - yaxşilik, gözallik, ezgulik barq urgan ibratli va obod turmuş, muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda: "ozod va obod Vatan!”. Ortimizda ulğayib kamolga yetayotgan farzandlarimiz esa ana şu buyuk Vatanning vorislaridir.
Raşidjon YÖLDOŞEV,
"Çoyköl” O.F.Y raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶