Jamiyat
👁 402
HARBIY QISMDA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI
25-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tarkibidagi 9202 “K” harbiy qismida “Milliy mafkura targʻibotida taʼlim va tarbiyaning oʻrni” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy kecha oʻtkazildi.
Tadbirda Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi I.Iskandarov kecha kun tartibidagi mavzu boʻyicha maʼruza qilib, keyingi vaqtlarda taʼlim va tarbiya yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda uning milliy mafkura bilan chambarchas bogʻliqlik jihatlari haqida keng tushunchalar berdi.
Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar oldilar.
Ruslanbek Xojamuratov, 9202 “K” harbiy qism.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶