VATAN OSUDALIGI IŞONÇLI QÖLLARDA
Dunyoda inson uçun tinçlikdan, mustaqillikdan-da uluğ va aziz neʼmat yöq. Yer yuzidagi 200 dan ortiq mamlakatlar aholisining köpçiligi özaro uruş-nizolar, tahlikalar, ofatlar girdobida yaşayotgan bir vaqtda yurtimizning osmoni osuda, tunlari orombaxş, kunlari ezgu va xayrli amallar, şu yurt ravnaqi yölidagi saʼy-harakatlar bilan keçayotganidan, xalqimizning turmuşi tobora farovonlaşib, sifati oşib borayotganidan har qança faxrlansak, şukrona aytsak, arziydi.
Mamlakatimizning tinçlik-osudaligi barqaror bölmoği uçun yurtboşimiz taşabbusi bilan istiqlolning ikkinçi yilida taşkil etilgan milliy armiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlaş, osoyiştalikni asraş, xalqimizning tinç-osoyişta hayotini taʼminlaşdek şarafli vazifani uddalab kelmoqda. Ötgan 22-yil davomida Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş qömondoni I.Karimov rahnamoligida mamlakatimizda bugungi kuntalablariga javob beradigan tezkor va ixçam, zamonaviy qurol-yaroğ va texnika bilan taʼminlangan, jangovar qobiliyat va tayyorgarlikka ega milliy armiya şakllandi.
Harbiy xizmatçilarga, muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan askarlarga jahon andozalariga mos şaroitlar yaratildi, ijtimoiy muhofazasi mustahkamlandi. Şu boisdan bugun yurtimiz öğlonlari armiya safida xizmat qilişni özlariga şaraf deb biladilar.
Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi, yurtimizda hukm surayotgan tinçlik va osoyiştalik barça sohalarda yuksalişlarga, taraqqiyotga asos bölmoqda. Bu mamlakat hayotida milliy armiyaning örni neçoğlik ulkanekanligini körsatadi.
Yurtboşimizning 2013-yil 12-dekabrdagi 4174-sonli "Vatan himoyaçilari kunini nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi Farmoyişi ham Qurolli Kuçlarimizning nufuzi va unga halqimizning hurmat-ehtiromi namunasidir.
Ayni kunlarda butun mamlakatimizda qutluğ sana - Qurolli Kuçlarimiz taşkil etilganligining 22 yilligi ulkan bayram qilinmoqda, "Özbekiston yagona Vatanim” şiori ostida madaniy-maʼrifiy, siyosiy maʼnaviy tadbirlar ötkazilmoqda.
Ha, Vatan – yagona, Vatan- muqaddas! Uning daxlsizligini, osudaligini huşyorlik, matonat, fidoyilik bilan qöriqlab turgan Qurolli Kuçlarimiz har qança şarafga, ehtiromga munosibdir.
Bayramingiz muborak bölsin, tinçligimiz posbonlari!
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶