Jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha tadbir oʻtkazildi
Davlatimiz rahbari tomonidan Konstitutsiyamizning 26 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda yurtimizda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishda mutlaqo yangicha tizim joriy etilishi maʼlum qilingan edi. Bu boʻyicha Prezidentimizning oʻtgan yili “Qoraqalpogʻiston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi qabul qilindi. Farmoyishga asosan endilikda huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish nafaqat ichki ishlar idoralari yoki Milliy gvardiyaning, balki Mudofaa tizimi xodimlarining ham vazifasiga aylandi.
29-yanvar kuni 9-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida farmoyish ijrosini samarali bajarish va jinoyatchilikning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida tuman yoshlari bilan muloqot oʻtkazildi.
Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrug tashkiliy safarbarlik boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Salim Ahmedov, tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, tuman Mudofaa boʻlimi boshligʻi Ixtiyor Nodirov va boshqalar ishtirok etdilar.

Muloqot tarzida oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etganlar dastlab farmoyish asosida tuzilgan “Yoʻl xaritasi”ga koʻra oʻtkazilayotgan jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha tadbirlar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi, jumladan “Mahalla”, “Nuroniy” jamgʻarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi xodimlari va keng jamoatchilik hamkorligida amalga oshirilayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha loyihalar haqida soʻz yuritdilar. Shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka keng jamoatchilik bilan hamkorlikda qarshi kurash olib borilsa, samarali natijaga erishilishini taʼkidlab oʻtdilar. Tadbirda yoshlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Farmoyish ijrosini taʼminlash va jinoyatchilikning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etgan yoshlar kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶