BOTULIZM – ASOPATI XAVFLI BÖLGAN KASALLIK
Uşbu xastalik ovqatdan zaharlanişning eng oğir turi hisoblanib, aksariyat hollarda uy şaroitida tayyorlangan pomidor, bodring tuzlamasi, baqlajon ikrasi va boşqa konserva mahsulotlarini isteʼmol qiliş natijasida yuzaga keladi. Botulizm mikrobi konservalangan oziq-ovqat mahsulotlarida kislorodsiz muhitda tez köpayadi. Kasallikning yaşirin davri 2 soatdan 3-4 kungaça çöziladi.
Kasallikni keltirib çiqaruvçi omillar – uy şaroitida tayyorlangan pomidor, bodring tuzlamasi, baqlajon ikrasi va boşqa konserva mahsulotlaridir. Uy şaroitida tayyorlangan va aynigan konserva mahsulotlarini baʼzan mazasini taʼtib körib, yutmaganda ham kasallanib qoliş mumkin. Bunday vaqtda bemorni har kim öz bilgança davolaşi qatʼiyan maʼn etiladi.
Ovqatdan zaharlanişlarning ilk belgilari paydo bölsa, darhol şifokorga murojaat qiliş kerak. Xonadon şaroitida konserva mahsulotlari tayyorlaş texnologiyasi va yetarliça sanitariya-gigena qoidalariga amal qiliş imkoniyati mavjud emas. Bir söz bilan aytganda, uy şaroitida tayyorlangan konservalar isteʼmol uçun kafolatli deb bölmaydi. Şuning uçun köça-köylarda sotilayotgan konserva mahsulotlarini xarid qilganda, yorliği, qaysi korxona tomonidan işlab çiqarilganligi, sanasi hamda yaroqlilik muddatiga eʼtibor beriş, xarid qilgan konserva bankalarni oçişdan oldin uni çayqamasdan közdan keçiriş, yaʼni bankadagi suyuqlik tiniqligiga, mahsulot ezilmaganligiga eʼtibor beriş, konserva bankasining qopqoği şişgan, oçilib ketgan, tiniqligi buzilgan va boşqa körsatkiçlardan birortasi mavjud bölsa, bunday mahsulotni isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi.
Xulosa qilib aytganda, botulizm inson hayotiga jiddiy xavf soluvçi xastalik hisoblanadi. Albatta, yuqoridagi tavsiyalarga rioya qilib, öz salomatligingizga eʼtibor bersangiz, foydadan xoli bölmaydi.
Tamara Saidova, tuman Tibbiyot birlaşmasi
Salomatlik bölimi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶