Voyaga yetmaganlar boʻyicha tuman idoralararo komissiyasining yigʻilishi oʻtkazildi
Mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish orqali ularning har jihatdan barkamol, yurt kelajagining munosib egalari boʻlib ulgʻayishlariga katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Shuningdek, ularning nosogʻlom muhitga tushib qolishlarining, turli huquqbuzarlik yoki boshqa gʻayrijtimoiy hatti-harakatlar sodir etishlarining oldini olish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilib borilmoqda.
30-yanvar kuni tuman hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda Voyaga yetmaganlar boʻyicha tuman idoralararo komissiyasining bu boradagi oʻtgan yil davomida olib borgan faoliyatiga doir masalalar koʻrib chiqildi. Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Dilshodbek Ibragimov, Voyaga yetmaganlar boʻyicha tuman idoralararo komissiyasi aʼzolari qatnashishdi.
Keng jamoatchilik ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, turli yot gʻoyalar qurboniga aylanishning oldini olish, ularga oila, mahalla, oʻquv va tarbiya maskanlarida munosib shart-sharoitlar yaratilishi ustidan nazorat oʻtkazilishi boʻyicha Komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarlik profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunlar, Prezidentimizning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq bajarilgan vazifalar boʻyicha hisobotlar tinglandi.

Tadbirda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan huquqbuzarliklar tahlil qilinib, ularning oldini olish boʻyicha tegishli choralar ham belgilandi.
Yigʻilishda koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, masʼullarga bu boʻyicha vazifalar topshirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶