Kollejda “Inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
1-fevral kuni Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejida “Mening oilam” gazetasi tahririyatining “Inson huquqlari – oliy qadriyat” nomli grant loyihasi doirasida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatini kollej direktorining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Rasul Tojiboyev kirish soʻzi bilan boshlab berdi. Shundan soʻng “Mening oilam” gazetasining masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov jamiyatda yuksak ong va dunyoqarashni, inson huquqlari va erkinliklari madaniyatini yuksaltirish maqsadida amalga oshiriladigan “Inson huquqlari – oliy qadriyat” loyihasi va uning vazifalari haqida gapirdi.
Davra suhbatida tuman Adliya boʻlimi xodimi Nesip Kalimbetov Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʼruza qildi.

Maʼruza yuzasidan kollejning 4/16 qurilish va pardozlash guruhi 3-bosqich oʻquvchilaridan Dilafroʻz Shermetova, Mohira Roʻzmetova, Abrorbek Hayitboyev, Asadbek Sultonov Dilshodbek Qurbonboyev va Feruza Safarniyozovalar soʻzga chiqishib, jamiyatda yuksak huquqiy ong va dunyoqarashni, inson huquqlari va erkinliklari madaniyatini yuksaltirish maqsadida oʻtkazilayotgan ushbu tadbir faoliyatiga katta baho berdilar.
Davra suhbati faoliyati haqida soʻz yuritgan oʻquvchilar bu tadbirning yoshlarda huquqiy bilimlarning oshishiga katta yordam berishini taʼkidladilar.
Allambergan Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶