INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATsIYaSI – INSON OMILIGA GʻAMXOʻRLIKNING OLIY IFODASI
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asosalangan bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, xalqimizning oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashiga erishish va Oʻzbekistonning xalqaro maydonda oʻz nufuziga ega boʻlishiga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda Asosiy qonunimiz va uning asosida qabul qilingan qonunlar jamiyat va davlat faolyatining barcha sohalarini isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos boʻlmoqda.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan soʻng qoʻshilgan birinchi xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi. Deklaratsiyaning barcha asosiy printsiplari Oʻzbekiston Konstitutsiyasida oʻz ifodasini topgan.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari boʻyicha 70 asosiy hujjatga qoʻshildi, BMT tomonidan ushbu sohada qabul qilingan 10 ta asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisiga aylandi.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida belgilangan asosiy qoidalarni milliy qonunchiligimiz implementatsiya etish orqali mamlakatimiz boshqa rivojlangan demokratik davlatlar orasida oʻz nufuzi va mavqeiga ega boʻldi. Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash va himoya qilish borasida oʻziga xos milliy tizim yaratildi. Deklaratsiya asosida qabul qilingan xalqaro konventsiyalarni ratifikatsiya qilish orqali Oʻzbekiston jahon hamjamiyati tomonidan inson omiliga eʼtibor, huquqi sohasida umumeʼtirof etilgan tamoyillarga sadoqatli ekanini yaqqol namoyon etdi. Bu – bejiz emas. Chunki unda inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasini barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim boʻlgan vazifa sifatida eʼlon qilar ekan, bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutgan holda maʼrifat va taʼlim yoʻli bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinishiga koʻmaklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilishi taʼminlanishiga, Tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar xalqlari oʻrtasida va ushbu davlatlarning yurisdiktsiyasidagi hududlarda yashayotgan xalqlar oʻrtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarurligi taʼkidlangan. 1-moddasida “Hamma odamlar oʻz qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng boʻlib tugʻiladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda boʻlishlari kerak”, 3-moddasida “Har bir inson yashash, erkin boʻlish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir”, 7-moddada esa “Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egadir. Barcha odamlar ushbu Deklaratsiyaga zid boʻlgan har qanday kamsitishdan va shunday kamsitishga undaydigan har qanday gij-gijlashdan teng himoya qilinish huquqiga egadir” deyilgan.
Umuman, Deklaratsiyaning qaysi bir modda, bandini olib qaramang, inson omiliga ulkan eʼtibor, uning baxtiyor va farovon yashashi, emin-erkin boʻlishiga gʻamxoʻrlikning ifodasini koʻrishimiz mumkin. Shu boisdan ham 2018-yilda ushbu hujjat qabul qilinganining 70 yilligi mamlakatimizda ham keng nishonlandi, davlatimizning bugungidek taraqqiy etishidagi tutgan oʻrni keng targʻib etildi.
Chindan-da har birimizning emin-erkin, baxtiyor, farovon hayot kechirishimizning huquqiy asoslaridan biri inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasini chuqur oʻqib oʻrganish, mazmun-mohiyatini teran tushunish – oʻzligimizni anglashimizga zamin yaratadi..
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶