QUTUPIŞ KASALLIGIDAN OGOH BÖLING!
Quturiş-hayvonlar va odamda uçraydigan, asab tizimining oğir şikastlanişi bilan keçadigan hamda ölim bilan yakun topadigan öta xavfli yuqumli virusli kasalligidir. Odamlar uçun kasallik manbayi bölib: qutirgan uy hayvonlari – it, muşuk, sigir, ot, eşak, çöçqa, yovvoyi hayvonlarlardan çiyaböri, tulki va boşqalar, hisoblanadi. Odamlarga quturiş kasalligi 90-95 foiz holatlarda yuqadi.
Kasallik odamga qanday yuqadi?
Odamga quturiş kasalligi şu kasallikka çalingan hayvonlarning tişlaşi, tirnaşi, tişlarining qadalişi, şuningdek, jarohatlangan teri va şilliq qavatlariga sölagi tuşişi paytida yuqadi. Kasallik öta oğir keçib doimo ölim bilan tugaydi.
Quturiş kasalligiga çalingan hayvonlarda kuzatiladigan belgilar:
Hayvon tajovuzkor bölib, duç kelgan hayvonlar va odamlarga taşlanadi, tişlaşga, tirnaşga harakat qiladi, yoruğlikdan qöyqadi, qoronği joyga kirib olişga harakat qiladi, egasi çaqirganda oldiga kelmaydi, ovqatlanişdan boş tortadi, töri kelgan jismlarni oğziga solib yutadi, keyinçalik yutinişi qiyinlaşadi, oğzidan juda köp sölak oqadi, bezovta böladi, tovuşi böğilib yöqola boşlaydi va orqa oyoqlari yurmay qoladi, yaʼni falajlanişi holatlari kuzatiladi. Hayvonlarda ham kasallik ölim bilan yakun topadi.
Siz agar it va boşqa uy hayvonlaringizga kasallikning şunday belgilarini kuzatsangiz, darhol veterinariya vraçiga murojaat eting!
Yodingizda bölsin!
Itni doimo boğlangan holda saqlaş, köçaga olib çiqilganda tumşuq tasmasini taqiş, itni tunda köçaga çiqarib yubormaslik va köçada qarovsiz qolişi hamda yovvoyi hayvonlar bilan muloqotda bölişga yöl qöymaslik kerak. Farzandlaringizni qarovsiz qolgan va begona itlar bilan öynaşga hamda ularni uyga olib kelişga aslo yöl qöymang, itni öz vaqtida hududiy veterinariya irodalariga olib borib, röyhatdan ötkaziş, har yili uni veterinariya körigidan ötkazib, qutirişga qarşi emlatiş zarur.
Agar, sizni hayvon tişlasa yoki sölagi jarohatlangan teri va şilliq qavatingizga tuşsa, unda siz zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilişingiz hamda mutaxassis vraçining tavsiyasiga köra, qutirişga qarşi öz vaqtida va töliq emlanişingiz kerak.
A.YaVBOSAPOV, tuman DSENM epidemiolog-şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶