17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 01:33
Jamiyat 👁 884

NIKOHLANUVChI ShAXSLAR SOGʻLIGI MUSTAHKAM OILA KAFOLATI

NIKOHLANUVChI ShAXSLAR SOGʻLIGI MUSTAHKAM OILA KAFOLATI

Tuman tibbiyot birlashmasi koʻp tarmoqli poliklinikasida nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun maxsus xona ajratilib, kompyuter bilan jihozlangan va nikohlanuvchi shaxslar tibbiy koʻrik kartalari va OIVga tekshirudan oʻtish uchun rozilik varaqasi bilan taʼminlanadi. Mutaxassislar ishtirokida nikohlanuvchi shaxslarga tibbiy koʻrikning ahamiyati toʻrisida hamda oʻtkazilgan tibbiy koʻrik hajmi, qoidalari va tibbiy koʻrikdan oʻtish muddatlari haqida maʼlumotlar beriladi. Bu yerda OITSga qarshi tahlillar uchun maxsus “Ishonch xonasi” tashkil etilgan va mutaxassislar, tegishli asbob-anjomlar, OITS laboratoriyasi esa maxsus asbob-uskunalar, VIChga test preparatlari bilan toʻliq taʼminlangan. Tibbiy koʻrikni samarali tashkil qilish uchun ixtisoslik boʻyicha oliy va birinchi toifali shifokorlar va mutaxassislar biriktirilgan. Ular davriy ravishda malaka oshirish kurslarida kasb mahoratlarini oshirib bormoqdalar.

Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda ularni roʻyxatga olish, jurnali yuritiladi va bu jurnalda ularning ism-shariflari, tugʻilgan yillari, manzili, FHDYo organlari tomonidan berilgan yoʻllanma sanasi, tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun murojaat qilingan sana, tibbiy koʻrik yakunlangan sana va maʼlumotnoma berilgan sana, kelin-kuyov imzolari qayd qilinadi. Murojaat qilgan nikohlanuvchi shaxslarga alohida tibbiyot varaqasi yuritiladi, bu tibbiyot varaqasida tegishli mutaxassislar va shifokorlarning tibbiy koʻrik xulosalari qayd qilinadi.

Oʻtgan 2018-yilda 3145 nafardan ziyod nikohlanuvchi shaxs tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Kasalligi aniqlangan shaxslar tegishli mutaxassislarga davolashga yoʻnaltirildi. Shunisi eʼtiborliki, tibbiy koʻrik natijalari, tekshirish xulosalari oshkora qilinmaydi, yaʼni maxfiyligi saqlanadi. Muassasada 2018-yil davomida tibbiy koʻrik xulosasidan hech kim norozi boʻlmadi. Chunki nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tekshirish hajmiga va tekshirish muddatlariga qatʼiy rioya qilinadi.

Aholi orasida nikohdan oldingi koʻrikdan oʻtkazishning muhimligi yuzasidan tumandagi umumtaʼlim maktablari, litsey va kollejlarda, OFY va mahallalarda, korxonalarda tuman Tibbiyot birlashmasi Salomatlik markazi, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda uchrashuvlar, suhbatlar, maʼruzalar tashkil etilib, mahalliy nashrlarda va mahalliy TVda chiqishlar qilinayotgani bois, 2018-yil davomida bu borada muammolar kuzatilmoqda. Tibbiy koʻrik ahamiyati va tekshiruv hajmiga kiritilgan kasalliklar haqida 60 dan ziyod suhbatlarda aholi va yoshlarga nikoh masalalariga oid bukletlar tarqatilib, 40 dan ortiq ilmiy-amaliy maʼruzalar oʻqildi. “OIV infektsiyasi toʻgʻrisida nimalarni bilish kerak” mavzusida salkam 1200 ga yaqin bukletlar tarqatilib, 3000dan ortiq nikohlanuvchilar bilan suhbatlar oʻtkazildi.

Erta nikohning va yaqin qarindoshlar orasidagi nikohning salbiy oqibatlari, tibbiy koʻrikning ahamiyati va tekshiruv hajmiga kiritilgan kasalliklar haqida mahaliy Amu TV ijodkorlari bilan hamkorlikda Iqtisodiyot kasb-hunar kollejida tuman FHDYo organi xodimlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Oilalar mustahkamligi, farzandlar barkamolligi, eng avvalo salomatlikka bogʻliqdir. Shuning uchun ham nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularning jamiyatda sogʻlom oila sifatida shakllanishlarini taʼminlash barchamizning zimmamizdagi masʼuliyatli vazifadir. Bu vazifani sidqidildan ado etish har birimiz uchun muqaddas va sharafli burch ekanligini unutmasligimiz kerak.

Sh. BOLTABOYeV, Koʻp tarmoqli poliklinika mudiri.

H.SABIROV, nikohlanuvchi shaxslarni

tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha masʼul xodim.

Foto: soglom.uz

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019