NURONIYLAR BILAN DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI
Globallashuv jarayoni kechayotgan bugungi kunda yoshlarning maʼnaviyatli va yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishishida kitoblarning ahamiyati katta.Televizor koʻrish yo internet tarmogʻidagi yangiliklarni, badiiy asarlarni oʻqish millatimiz ruhiga mos, haqiqiy maʼnaviy oziq beradigan badiiy asarlarni oʻqiganchalik taassurotlar bera olmaydi. Buni hayotiy misollar bilan ogʻishmay tushuntira borish, shuningdek nuroniy keksalarimiz oʻzlari oʻqigan kitoblarini yoshlarga tavsiya qilishi kitobxonlik darajasi oshishiga ijobiy taʼsir oʻtkazishi inobatga olinib,”Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” nomli grant loyihasida kitoblar mutolaasiga alohida ahamiyat berilgan. Shuningdek, nuroniylar bilan yoshlarning uchrashuvlarini oʻtkazib,ularning hayot yoʻllarini yoshlarga ibrat qilib koʻrsatish ham muhim tarbiya vositasi ekanligi nazarda tutilgan.
Grant loyihasi rejasiga muvofiq, shu yilning 23-fevralida tumanimizdagi 32-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchilar bilan nuroniylarning davra suhbati oʻtkazildi.Tadbirda hududda istiqomat qiluvchi keksa avlod vakillari , taʼlim faxriylariJumoboy Qaliyev, Oʻtamurod Durdiyev, Hayitboy Durdiyev, Jumobika Asauova, Safargul Yegizboyevalar ishtirok etdilar va oʻquvchilar bilan maroqli suhbat qurdilar.
-Men taʼlim bergan oʻquvchilar allaqachon maktabni tugatib ketishdi. Biroq koʻnglim doim maktabda. Nevaralarimdan har kuni maktabda qanday yangiliklar borligini soʻrab oʻtiraman,oʻquvchilarning yutuqlarini eshitsam juda quvonaman.30-yildan ortiq vaqt bolalarga ingliz tili fanidan dars bergan boʻlsam shu davr mobaynida oʻqitgan oʻquvchilarim orasidan 27 nafar ingliz tili oʻqituvchisi yetishib chiqdi. Shular haqida oʻylasam koʻnglim koʻtarilib ketadi,- dedi soʻzga chiqqan Jumobika Asauova.
Faxriylar bilan oʻtkazilgan davra suhbatdan oʻquvchilar ulkan taassurotlar oldilar, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶