IShSIZ YoShLAR KASB-HUNARGA OʻQITILMOQDA
Yoshlar orasida ishsizlar safini kamaytirish, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish maqsadida koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi shu maqsad yoʻlida korxona-tashkilotlarning kasbga tayyorlash toʻgʻrisidagi takliflarini inobatga olib, 2019-yil 18-fevraldan 18-martgacha bir oy muddat ichida ishsiz yoshlarni tikuvchilik kasbiga oʻqitishni tashkil qildi. Ayni kunda ushbu guruhda 19 nafar yoshlar tikuvchilik kasbi sir – asrorlarini oʻrganishmoqda.
Shuningdek, muassasa, korxona va tashkilotlarda shu kasbga boʻlgan ehtiyoj inobatga olingan holda 15-fevraldan boshlab 21 nafar ishsiz yigitlar elektrik kasbiga oʻqitilayapti. Amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar yoshlarning bandligini taʼminlash, malakali xodimlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi, albatta.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶