MART OYI MAKTABGAChA TAʼLIM MUASSASALARIDA “SOGʻLOM OVQATLANTIRIShNI TAShKIL ETISh OYLIGI” DEB EʼLON QILINDI
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qabul qildi. Tadbirdan koʻzlangan maqsad maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni xavfsiz va sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni takomillashtirish hamda maktabgacha taʼlim muassasalari oshxonalarida sogʻliqni saqlash vazirligining amaldagi sanitariya qoidalari va meʼyorlariga rioya qilinishini va epidemiyaga qarshi tadbirlar samaradorligini oshirish taʼminlashdir.
Mart oyida “Sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi” doirasida tumanimizda ham bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan. Xususan, maktabgacha taʼlim boʻlimi, tuman Sanitariya epidemiologiya nazorati markazi hamkorligida tumandagi barcha MTMlar oshpazlari, hamshiralari, omborchilari uchun belgilangan mavzular boʻyicha oʻquv-seminarlar oʻtkaziladi, MTMlarda bolalarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish, muassasalarni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash, ularning toʻgʻri sarflanishi, MTMlar oshxonalarida sanitariya qoidalariga amal qilinishi yuzasidan nazorat tadbirlari va oʻquv seminarlar oʻtkaziladi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolajonlarni sogʻlom ovqatlantirish sifatini oshirishga ijobiy taʼsir oʻtkazadi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶