AMUDAPYoLIK OʻQUVChI QIZ – OʻZBEKISTONDA BIPINChI!
Bolalik ertaklar sehriga toʻla yulduzli tunlari bilan goʻzal. Muniraxon Aminova ana shunday, biri-biridan sirli-sinoatli ertaklar dunyosida ulgʻayib, oʻz ertaklar olamini hayotga aylantirish orzusida yashayotgan qizaloq. U Jumurtovdagi sanoat korxonalaridan birida ishlovchi dadasi Puslan Abdullayevning kuch-qudrat va jasoratga undovchi hayotiy hikoyalari, onasi Inobat Oʻrozimbetovaning halollik, poklik va toʻgʻrisoʻzlik, samimiylik mavzusidagi ertaklari sehrida ulgʻaydi.
60-sonli maktabning 1-sinfiga borganida Munira yoshiga nisbatan ancha aqlli, intiluvchanligi bilan tengdoshlaridan ajralib turardi. Oʻqish va yozishni oʻrgangach, u yaxshilik, ezgulik, bilimning xosiyatlari haqida oʻz ertaklarini yozdi.
U ulgʻaygan sari ertaklari ham, sheʼrlari ham maʼno va mazmun jihatidan boyidi. 2018-yil Munira Aminova uchun quvonchli lahzalarni hadya etdi.
– Oʻquvchi-yoshlarga “Momomning sandigʻi” ertaklar tanlovi oʻtkazilishini aytganimda, Muniraning koʻzlari quvonchdan yashnab ketdi, – deydi maktabning maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Boʻtakoʻz Xudoyberganova. – Koʻrik-tanlovning maktab bosqichida koʻplab oʻquvchilar oʻz ertaklarini yozishdi. Munira Aminova yozgan ertaklar, toʻgʻrisi, bizni hayron qoldirdi.
U maktab gʻolibi sifatida tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etdi va yana gʻolib boʻldi. Koʻrik-tanlovning tuman bosqichi Munira uchun yana omad keltirdi. 82 ta umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlari orasida Munira Aminova yana gʻolib boʻldi va Qoraqalpogʻiston Pespublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi.
Pespublika bosqichiga qizgʻin taraddud koʻrgan Muniraxon Aminova Qoraqalpogʻiston Pespublikasi umumtaʼlim maktablarining yuzlab ertakchi bolalari orasida oʻzining oʻtkir maʼno-mazmunga boy, odob-axloq, kitobxonlik va vatanparvarlikni tarannum etuvchi ertaklari bilan mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
– Menga Toshkent shahriga, Oʻzbekiston miqyosidagi bellashuvga yoʻllanma berilganligidan juda quvondim, – deydi Muniraxon. – Tengdoshlarim va kattalar hayotini kuzata boshladim. Koʻplab ertaklar yozdim. Lekin mening ertaklarim koʻrik-tanlovning mamlakat bosqichi hakamlariga manzur boʻladi, deb hech oʻylamagandim. Axir u yerda ishimizni juda obroʻli olimlar va yozuvchilar baholashadi-da.
Mamlakat bosqichida Munira Aminovaning “Ikki qargʻa” ertagi “Momomning sandigʻi” Pespublika koʻrik-tanlovining eng yaxshi ijodiy ishi deb topildi va 1-oʻringa loyiq koʻrildi hamda koʻrik-tanlovning 1- darajali diplomi, 10 dona noyob kitoblar jamlanmasi, tashkilotchi vazirlik hamda masʼullar tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Ayni kunda Munira 60-sonli maktabning 6-sinfida aʼlo baholarga oʻqimoqda. Biz yosh, iqtidorli ijodkor qizimizga yanada yangi parvozlar, istiqbolli orzular tilaymiz.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶