Yurt tinchligini saqlash – oliy maqsad
5-fevral kuni Amudaryo tumanidagi 15-sonli maktabda ichki ishlar organlari xodimlarining maʼnaviy vatanparvarlik tarbiya samaradorligini yanada oshirish, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash boʻyicha vazifalarni hal etishda ularning Respublika harbiy boʻlinmalari bilan uzviy hamkorligini tashkil etish, shuningdek, ularda jamoaviylik, uyushqoqlik hamda vazifalarni bajarishda daxldorlik tuygʻularini shakllantirish tizimini takomillashtirish maqsadida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik I.Nodirov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilktikasi tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5408-sonli Farmoyishi va shu masala yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan 2018-yilning 6-dekabridagi qabul qilingan 248-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash boʻyicha Amudaryo tumanida olib borilayotgan ishlar boʻyicha maʼruza qildi.
Shundan soʻng Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini profilaktika noziri, leytenant Adham Yoʻldoshev, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy texnika instituti talabalari Sardor Ortiqov va Shahzodbek Yoʻldoshevlar soʻzga chiqishib, mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga va kamolotiga katta eʼtibor berilayotgani ularda faxrlanish tugʻularini paydo qilib, haqiqiy vatanparvar va yurt posbonlari boʻlib yetishishga intilishayotgani va yurt tinchligini saqlashga hissa qoʻshish – har bir fuqaroning oliy maqsadi ekanligi haqida gapirdilar.
Tadbirda maktab oʻquvchilari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶