Navroʻz bayrami tantanalari oʻtkaziladigan hududdagi yoʻllar avtotransport vositalari qatnovi uchun vaqtincha yopiladi
2019-yil 19-mart kuni Mangʻit istirohat bogʻi va Markaziy oʻyingohda Navroʻz munosabati bilan xalq sayli va bayram tadbirlari oʻtkaziladi. Bayramni munosib tarzda nishonlash va aholiga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida tuman hokimining “2019-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish haqida”gi qaroriga muvofiq katta tayyorgarlik koʻrildi.
Bayram oʻtkaziladigan hududda aholi xavfsizligini taʼminlash, tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish va noxush holatlarning oldini olish maqsadida umumxalq sayllari boʻlib oʻtadigan Mangʻit shahri Olmazor mahallasidagi Markaziy oʻyingoh hamda Madaniyat va istirohat bogʻiga olib boruvchi yoʻllar, yaʼni "Barkamol avlod” hamda Islomobod koʻchalarining bir qismi 2019-yil 18-mart kuni soat 19:00dan 19-mart soat 17:00gacha avtotransport vositalari qatnovi uchun vaqtincha yopiladi.
Aziz yurtdoshlar, Sizni 19-mart kuni Mangʻit istirohat bogʻi va Markaziy oʻyingohda oʻtkaziladigan Navroʻz bayrami va xalq sayliga taklif qilamiz!
Tuman hokimligi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶