Kollejda Navroʻz munosabati bilan tadbir oʻtkazildi
16-mart kuni bayramona bezatilgan Mangʻit iqtisodiyot kollejida Navroʻzga bagʻishlanib oʻtkazilgan “Xush kelding, Navroʻz!” nomli bayram tadbirida kollej oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok qildilar.
Ushbu tadbir doirasida 13 ta guruh oʻquvchilari tomonidan milliy sanʼatimiz va milliy taomlarimiz hamda milliy qadriyatlarimiz koʻrgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, har bir guruh tomonidan qardosh xalqlarning milliy liboslari ham namoyish etildi.
Har xil milliy taomlarga toʻla bayram dasturxonlari ishtirokchilar koʻzlarini quvontirgan boʻlsa, qoʻl mehnati asosida tayyorlangan ajoyib rassomchilik namunalari, betakror duradgorlik ishlari, mohirona tayyorlangan bichish va tikish namunalari yigʻilganlarning koʻzlarini quvontirib, hayratini oshirdi. Bular albatta, kollej oʻqituvchilardan tashkil topgan hayʼat aʼzolarining odilona baholariga sazavor boʻldi.
Tadbirda eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan 7-16- “Tovarshunoslik” guruhi 1-oʻrinni, 3-16- “Buxgalteriya hisobi” guruhi 2-oʻrinni, 2-17- “Buxgalteriya hisobi” guruhi 3-oʻrinni egalladi. Ushbu guruhlar va “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi qoʻl mehnati”, “Eng yaxshi rassomchilik ishi”, “Eng faol ishtirokchi”, “Eng yaxshi duradgorlik ishi” nominatsiyalari boʻyicha ishtirok etgan guruhlar ham munosib taqdirlandilar.
Navroʻzga bagʻishlangan bayram tadbirining badiiy qismida yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda “English speaking students” klubi aʼzolari jonbozlik koʻrsatishdi.
Tadbirda “QVZ” jamoasi oʻz chiqishlari bilan ishtirok etishib, bayram ishtirokchilariga xush kayfiyat, unutilmas taassurotlar ulashdilar.
Kollejning iqtidorli talabalaridan biri, kollej yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Kengashi aʼzosi Baxtiyor Qutimov tomoshabinlar bilan turli xil qiziqarli interaktiv oʻyinlari oʻtkazdi.
Kollej oʻquvchilari Navroʻz haqida sheʼrlar va qoʻshiqlar aytdilar, joʻshqin raqslarini namoyish etdilar. Navroʻz bayrami kollejda koʻtarinki ruhda nishonlandi.
Sayyora IBODULLAYeVA, kollejning ingliz tili oʻqituvchisi.
Bekzod ISMOILOV, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶