Diqqat, tanlov!
Oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish, jamiyatimizda qonunlar ustuvorligiga erishishda ularning ishtirokini taʼminlash, bola huquqlariga oid qonun hujjatlari bilan bolalik davrlardan boshlab tanishib borishlariga imkon yaratish maqsadida “Mening oilam” gazetasi tahririyati “Inson huquqlari – oliy qadriyat” loyihasi doirasida umumtaʼlim muassasalarining 1-5-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida “Mening huquqim – qonun himoyasida” mavzusida insholar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov mart va aprel oylarida boʻlib oʻtadi. Tanlovga yuborilgan insholar kompyuterda terilgan, muallifning ism-sharifi, manzili, teyelfon raqami aniq koʻrsatilgan boʻlishi talab etiladi.
Tanlov 2019-yil aprel oyi oxirida yakunlanadi va gʻoliblar “Mening oialm” gazetasi tahririyati tomonidan taqdirlanadilar.
Insholar tanlovida ishtirok eting va huquqiy bilimdonligingizni namoyish etib, gʻolib boʻling!
“Mening oilam” gazetasi tahririyati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶