EHTIYoT BÖLGAN YaXŞI
Quturiş - hayvonlarga xos kasallik hisoblanib, uning
qözğatuvçisi virusdir. Tabiatda yovvoyi hayvonlar: tulki, böri, çiyaböri orasida
quturiş kasalligi doimo uçrab turadi. Vaqti-vaqti bilan bu yovvoyi hayvonlar, it
va muşuklarni tişlab, kasallikni ularga yuqtiradi. Kasal hayvonning sölagida
virus juda köp böladi. Odamga bu quturgan it tişlaganda yoki uning sölagi
jarohatlangan teriga tuşganda yuqadi. Sölak bilan terining içiga kirgan virus
nerv tolalari orqali markaziy nerv tizimi hujayralariga yetib boradi va nerv
töqimasini jarohatlaydi, natijada quturiş kasalligi yuzaga çiqadi. It tişlagan jarohat qançalik boş
miyaga yaqin bölsa, kasallikning davri şunça qisqa (15-30 kun) böladi, aksinça,
jarohat oyoq va qöl uçlarida bölsa, kasallikning yaşirin davri uzoq (bir neça oy)
davom etişi mumkin.
Quturiş kasalligi bilan oğrigan bemordan kasallik soğlom odam va hayvonga
yuqmaydi.
Odatda, hayvon yoki odamni tişlagan it quturgan bölsa, 10 kun içida öladi
yoki bedarak yöqoladi.
Agar it quturgan bölsa:
- ovqat yemay qöyadi;
-
bezovtalanadi;
-
hurişi böğiq böladi;
-
egasiga itoat qilmaydi;
- duç
kelgan narsalarni ğajiydi;
-
qopağon böladi;
- juda
köp sölak oqadi;
-
oyoqlarida falaj boşlanadi;
-
keyinroq duç kelgan hayvon va odamni, hatto egasini tişlaşga harakat qiladi,
söngra oyoqlarida falajlaniş paydo bölib, tinçlanib qoladi va öladi.
Quturiş
kasalligi quturgan it tişlagan odamga ham yuqişi mumkin. Buning oldini oliş
uçun:
-
xizmatdagi va xonadondagi mavjud itlarni öz vaqtida quturişga qarşi
emlatiş;
-
bolalarning itlar bilan öynaşiga yöl qöymaslik;
-
xonadondagi itlarni köçaga qarovsiz qöyib yubormaslik;
-
itlarni köçaga böyinboğ va tumşuqtasmada olib çiqiş;
- hayvon yoki odamni tişlagan itni albatta veterinar kuzatuviga olib boriş
zarur.
It tişlagan jarohatni darhol xöjalik sovuni bilan yuvib, uning atrofiga
yodning spirtli eritmasini suriş lozim.
It tişlaşdan jabrlangan odam şu zahotiyoq tibbiy yordamga murojaat qilişi
zarur.
A.YaVBOSAROV,
tuman DSENM epidemiolog vraçi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶