ChOPVAChILIK XOʻJALIKLAPIDA QOPAMOLLAP TAMGʻALANMOQDA
Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentyabrdagi “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 748-sonli Qarori ijrosini taʼminlash, tumanimizdagi chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklarida qoramollar, qoʻy, echki va parrandalarni parvarishlashda veterinariya qoidalariga jiddiy amal qilish hamda qoramollarni identifikatsiya raqami bilan tamgʻalash, chorvachilik hamda parrandachilik xoʻjaliklarida hayvonlarni boqishda sanitariya-gigiyena, veterinariya tartib-qoidalarini oʻrnatish maqsadida Bobur nomli OFY hududidagi “Gani” fermer xoʻjaligida seminar tashkil etildi. Seminarda tuman Veterinariya boʻlimi mutaxassislari, chorvachilik fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Veterinariya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari B.Qurboniyozov ishtirokida “Gani” fermer xoʻjaligida parvarishlanayotgan 62 bosh qoramolni identifikatsiya raqami bilan tamgʻalash ishlari amalga oshirildi va ishtirokchilar qoramollar va parrandalarni parvarishlash tartibini takomillashtirish, sanitariya-gigiyena hamda veterinariya qoidalariga amal qilish boʻyicha yangi tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.
P.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶