Koʻzi ojizlar oʻrtasida shaxmat va shashka sport musobaqalari oʻtkazildi

Joriy yilning 3-aprel kuni tuman Madaniyat boʻlimi huzuridagi Koʻzi ojizlar maxsus kutubxonasida sportning shaxmat va shashka turlari boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi hamkorligida tashkil qilingan musobaqada tuman Koʻzi ojizlar jamiyatining 17 nafar aʼzosi ishtirok etishdi. Ulardan 4 nafari xotin-qizlardir.
Qizgʻin va doʻstona ruhda oʻtgan musobqaning shaxmat yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrin Gʻ.Saparniyazovga, 2-oʻrin M.Rahimovga, 3-oʻrin G.Abdullayevga, shashka boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada Ya.Eshimbetov 1-oʻrinni, T.Yangiboyev 2-oʻrinni, M.Madrahimov 3-oʻrinni egallashdi. Gʻoliblar tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi tomonidan 1-2-3 darajali Diplomlar va sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.
Dildora ABDURAHMONOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶