Qişloq xöjaligi
👁 805
73 yoşli otaxon qanday qilib har yili tomorqasidan 40-50 mln. daromad qiladi?
Qoraqalpoğistonning Amudaryo tumani «Xalimbek» OFYda istiqomat qiluvçi 73 yoşli Jumabay Yuldaşev hamon çarçoq nimaligini bilmaydi. Uning har kungi maşğuloti – tomorqasining tarbiyasidir.
– Men har yili tomorqa yerimdan 40-50 mln. söm daromad qilaman.
Tomorqamga issiqxona qurganman. Alohida pitomnik-issiqxonada tuvaklarga pomidor, bodring, bölğor qalampiri va boşqa mahsulotlarni yetiştirib, keyinçalik klyonka ostiga ötkazaman. Kun isişi bilan oçiq maydonga joylaştiraman. Bu tajribani men 1970-yillarda aşxobodlik örtoqlarimdan örganganman va şundan buyon qöllab kelaman, – deydi Jumabay oğa. – Bunga hali mevali daraxtlarimdan va ipakçilikdan tuşadigan daromadlarimni qöşmadim. Biz bozordan heç qanday meva-sabzavot, poliz mahsulotlarini sotib olmaymiz. Hammasi özimizning yerimizda yetiştiriladi. Göşt va sut ham özimizda: uy parrandalarining hamma turini, qöy-eçki, qora mol saqlaymiz. Uyimiz oldida 4 sotix maydonda hovuzimiz bor. Baliq ham yetiştirib kelamiz.

Otaxon şu yoşiga qaramay, hamon tetik, harakatlari çaqqon.
Ertalabdan tinmay tomorqasining tarbiyasi bilan band. Ayvondagi mollariga ham özi öt-çöp toşib yuribti. Kataklardagi parrandalarini ham esdan çiqarmaydi.
Otaxonning öğil-qizlari va nabiralari ota tarbiyasini böyiga teran singdirgan. Har qaysisining öz oldiga xöjaligi va işi bölsa ham, qöllari böşaşi bilan otasining yoniga hozir böladi.

Ötgan yili oliygohga topşirib, kira olmagan nabirasi ham tuşkunliikka tuşmadi, aksinça, otasining qoşida haqiqiy hayotiy maşğulotlarini ötamoqda.
Jumaboy oğaning taʼkidlaşiça, mehnat kişini qaritmaydi, aksinça, insonga kuç beradi. Yerni Onaga bejiz qiyoslamaydi. Yer insonni boqadi, agar Siz uni boqsangiz.


Manba: ÖzA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶