ENG YaXShI SOVGʻA – KITOB!
Kitoblar inson maʼnaviyatini yuksaltirishga, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. Shu boisdan ham umumtaʼlim maktablari, mahalla fuqarolar yigʻinlari kutubxonalarini boyitish, aholini, ayniqsa, yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb qilishga eʼtibor kuchaymoqda.
Yaqinda “Mohidil Shifo med” xususiy klinikasi rahbari, shifokor Zulxumor Mamatqulova turmush oʻrtogʻi, tibbiyot fanlari nomzodi Olimboy Halimov taʼlim-tarbiya olgan 21-sonli umumtaʼlim maktabiga 115 ta badiiy asarlar taqdim etdi. Bu kitoblarning deyarli barchasi oʻquvchi-yoshlar uchun moʻljallangan, yuqori sinfga qoʻshimcha oʻqish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar boʻlganligi bilan ham barchani quvontirdi.
- Bu kitoblarni oʻquvchilar oʻqib, bilimli, shuuri yuksalsa, men juda xursand boʻlaman, - dedi Zulxumor Mamatqulova kitoblarni topshirar ekan.

Kitob sovgʻa qilish marosimi maktabda bayram tusini oldi. Tadbirda ishtirok etgan oʻqituvchilar, faxriylar Olimboy Halimovdek sobiq oʻquvchisi bilan doimo faxrlanishi, maktabdan ayni kunda ham umidli yoshlar yetishib chiqayotganini taʼkidlashdi. Maktab maʼmuriyati O.Halimov va Z.Mamatqulovalarga bu xayrli ishi uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶