OʻzXDP Amudaryo tuman Kengashi VII plenumi boʻlib oʻtdi
Shu yil yil 9-aprel kuni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi VII plenumi boʻlib oʻtdi.
Plenumda XDP Amudaryo tuman Kengashi aʼzolari va masʼul xodimlari, xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi aʼzolari, boshlangʻich partiya tashkiloti yetakchilari, faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Plenumning asosiy maqsadi – 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Pespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda partiya tashkilotlari, xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi aʼzolari va boshlangʻich partiya tashkilotlari ishtirokini yanada kuchaytirish boʻyicha vazifalarni belgilab olishdan iborat boʻldi.
Eʼtirof etildiki, Prezidentimiz tomonidan 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Pespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining belgilab berilishi hamda ushbu tarixiy xujjat asosida olib borilayotgan islohotlar mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi oshishiga xizmat qilmoqda.
Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan dolzarb vazifalar ijrosini taʼminlashda partiya guruhi ishtirokini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi va ijrosi taʼminlab kelinmoqda.
Plenumda xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhining oʻtgan yildagi faoliyati sarhisob qilindi. Qayd etilganidek, partiya deputatlik guruhi faoliyati nisbatan kuchayib, aniq bir muammoli masalani oʻrganish, tahlil qilish hamda bu borada hokimlikka taklif, tavsiyalar taqdim etish tizimi shakllandi.
Shuningdek, partiya guruhi aʼzolari tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga jami 27 ta deputatlik soʻrovlari yuborildi. Ular joylarga chiqqanlarida 478 nafar fuqarolar bilan muloqotlar oʻtkazdilar. Mazkur muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan 156 ta muammoli masalalar koʻtarilgan. Mazkur muammolarning 81ga yaqini hududlarning oʻzida mahalliy mutasaddilar bilan muhokama qilinib, amaliy yordam berish choralari koʻrildi, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻrik-tanlov, loyihalar, aktsiyalar oʻtkazildi, ularga 400 dan ortiq ayollar qamrab olindi. Shuningdek, partiya tizimida amalga oshirilayotgan aksariyat loyihalar yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga, ularning isteʼdodini aniqlash va roʻyobga chiqarishga hamda yoshlar uchun munosib sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Bundan tashqari, partiyaning “Faol ayollar” va “Istiqbol” yoshlar qanoti tomonidan yoshlar va xotin-qizlar oʻrtasidagi jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni koʻproq tashkil qilish, aholining keng qatlamlari orasiga chuqur kirib borib, bevosita muloqotlarni yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etildi.
Yakunda davlat Dasturining har bir yoʻnalishi boʻyicha eng muhim vazifalar belgilanib, partiyadan saylangan barcha deputatlar, partiya xodimlari va faollaridan yuksak masʼuliyatni his qilgan holda, ishni toʻgʻri tashkil etishga hamda vazifalarni soʻzsiz bajarilishini taʼminlashga kelishib olindi. Plenum kun tartibida koʻrib chiqilgan barcha masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶