OROL BOʻYIDA OʻQUV-ILMIY BOGʻ YaRATILDI
Bugungi kunda Respublikamizda Orol dengizi muammolarini bartaraf qilish boʻyicha koʻplab amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Bundan talabalar ham chetda qolayotgani yoʻq.
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tashabbusi bilan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorligida «Orol va yoshlar» shiori ostida Shu yilning 14-16-mart kunlari «Fidoiy va tashabbuskor talaba-yoshlar oʻquv-ilmiy ekspeditsiyasi» amalga oshirildi. Shu munosabat bilan joriy yilning 15-mart kuni ertalabdan «Orol va yoshlar» shiori ostidagi fidoiy va tashabbuskor Moʻynoq tumani Shagʻrli ovuli hududida Qoraqalpoq davlat universiteti tabiatshunoslik fakulteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti oʻqituvchilari rahbarligida talabalar oʻquv-ilmiy poligon tashkil etish ishini boshlab yuborishdi.
Orolboʻyi hududida universitetning oʻquv-ilmiy poligonini tashkil etish , moʻʼjaz bogʻ yaratib hududda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishdan maqsad Orolboʻyi tuproqlari, oʻsimliklari, suvlari, ularning tarkibi, xususiyatlari hamda iqlimini oʻrganish va ilmiy asosda koʻkalamzorlashtirish ishlariga hissa qoʻshishdir.

Avval hudud koʻchat ekish uchun toʻliq tayyorlandi. Jumladan, hududni simmetrik oʻlchash, chuqurchalar qazish, tuproq geomorfologiyasini tadqiq qilish kabi ishlar bajarildi.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti uchun ajratilgan 1 gektarga yerga yaqin maydonga ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori, akademik B.Mambetnazarov va tabiatshunoslik fakulteti dekani, professor-oʻqituvchilar hamda talaba yoshlar birgalikda bogʻning ilk koʻchatlarini ekishdi. Oʻrik, olma, nok, olxoʻri, shaftoli, olcha va manzarali daraxtlar erga oʻtqazildi. Talaba yoshlar bu erda koʻchat ekishdi va oʻzaro doʻstlik aloqlarini mustahkamlashdi hamda nazariy olgan bilimlarini amaliyotda sinab koʻrishdi. QQDU talabalari tomonidan 650 tupga yaqin koʻchat va manzarali daraxtlar ekildi.
Bu koʻchatlar vaqt kelib, albatta, mening tugʻilib oʻsgan qishlogʻim – Qilichboydagi kabi fayzli bogʻ boʻladi. Va oʻshanda biz talablara bundan faxrlanib yuramiz.
O.Rahimbaev, Berdaq nomidagi qoraqalpoq Davlat Universiteti
tabiatshunoslik fakulteti 2 bosqich talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶