OLIYGOHDA QUShLAR BAYRAMI OʻTKAZILDI
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universitetida 1-aprel – Xalqaro qushlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi. “Doʻstim, bahor keldi, qarshi ol, uyang tayyor, kirib ol” deb nomlangan mazkur tadbirda oliygohning tabiatshunoslik fakulteti professor, oʻqituvchilari, talabalari va Nukus shahridagi 23- va 33-sonli maktablar oʻqituvchilari, oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Maʼlumki, tabiat mutanosibligini saqlashda qushlarning oʻrni alohida. Biroq iqlim oʻzgarishlari, yashil oʻrmonzorlarning tobora qisqarib borishi oqibatida hududimizda yashaydigan ayrim qushlar kamayib, ayrimlari yoʻqolib borayapti.
Tadbirda bular haqda batafsil maʼlumotlar berildi.
Havoda erkin parvoz etayotgan, yoxud tirkchilik tashvishida palaponlariga yemish tashiyotgan qushlarni koʻrganimizda, tabiiyki, zavqlanib ketamiz, ularning xush ovozlari koʻngillarimizda eng pokiza tuygʻularni uygʻotadi. Biroq ular ham ona tabiatimiz kabi bizning mehrimizga, gʻamxoʻrligimizga muhtoj ekanligini baʼzan sezmaymiz. Tadbirda shu haqda taʼkidlandi, hudud atrofidagi dov-daraxtlarga qushlar uchun yangi va qulay uyalar oʻrnatildi.
Tadbirda talabalar, oʻquvchilar barchani tabiatni, uning ajralmas qismi boʻlgan qanotli doʻstlarimizni asrab-avaylashga chaqirdi. Oʻylaymanki, buningdek tadbirlar kutilgan samarani beradi.
Otabek Rahimboyev,
Berdaq nomidagi qoraqalpoq Davla
t universiteti talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶