DEPUTAT OʻZI OʻQIGAN MAKTABIGA NEGA BORDI?
Oʻzi taʼlim-tarbiya olgan jonajon maktabiga borishni, orzu-oʻylar qanotida goʻyoki yuksaklarda parvoz qilib yurgan begʻam bolalik xotiralarini eslashni, sinfxonalarda diqqat-eʼtibor bilan dars oʻtayotgan bolajonlar davrasiga kirib, dildan suhbat qurishni istamaydigan odam bormikan, dunyoda?
Ha, hammamiz ham oʻzimiz uchirma boʻlgan taʼlim maskanimizni doimo hurmat bilan eslaymiz. Biroq xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tadbirkor, shifokor Adilboy Yusupov kecha, 10-aprel kuni oʻzi oʻqigan 33-sonli maktabga shunchaki uchrashuv uchun emas, kutubxonasiga oʻzi oʻqigan 30 ta sara badiiy asarlarni sovgʻa qilish uchun bordi.
Muhtaram Yurtboshimizning aholini, ayniqsa, oʻquvchi-yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish, kutubxonalar fondini boyitish maqsadida oʻzi oʻqigan kitoblardan sovgʻa qilish tashabbusi tumanimizda ham tobora ommalashmoqda. Bu harakatga qoʻshilgan Adilboy Yusupovdan maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari juda hursand boʻlishdi.
- Kitob qachonki oʻqilsagina maʼnaviy boylikka aylanadi. Men sovgʻa qilayotgan kitoblarni oʻquvchilar oʻqisa, maʼnaviy ozuqa olsa juda quvonaman, - deydi Adilboy Yusupov.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶