Jamiyat
👁 450
"Farovon oila- jamiyat ravnaqi asosi"

Shu yilning 12-aprelida "Daryoboʻyi" mahallasida "Oila" markazi tuman boʻlimi va tuman Adliya boʻlimi hamkorligida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga hissa qoʻshish maqsadida "Farovon oila- jamiyat ravnaqi asosi" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi . Tadbirga mahalla fuqarolar yigʻini xodimlari, aholisi ishtirok etdilar. Ishtirokchilar tuman Adliya boʻlimi boshligʻi M.Matyusupov va "Oila" markazi tuman boʻlimi rahbari G.Yusupovalarning oila mustahkamligiga erishish borasidagi maʼruzalarini tingladilar, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Oʻtkazilgan tadbir qonuniy oila qurish, oilaviy munosabatlarni tartibga solish borasida yoshlarga koʻproq tushunchalar berish zarurligini koʻrsatdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶