Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga bagʻishlangan seminar

15-aprel kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ishlarni tashkil qilish masalasiga bagʻishlangan seminar oʻtkazilib, unda tumandagi toʻrtta sektor rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi aʼzolari hamda joylarda fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish va oʻtkazish maqsadida shakllantirilgan ishchi guruhlar raislari ishtirok etdilar.
Shuningdek, seminar yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi respublika komissiyasi aʼzosi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Botir Matmurodov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi respublika komissiyasining tumanga biriktirilgan aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Atajanovlar ishtirok etishdi.
Seminarni Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev kirish soʻzi bilan ochib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019-yil 15-fevraldagi “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi KQ-507 – 111-sonli Qarori asosida tumanda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va oʻtkazish hamda saylov natijalariga koʻra mahalla organlarini shakllantirish boʻyicha uslubiy tavsiyalariga muvofiq tumandagi 49 ta fuqarolar yigʻinlarida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan saylovga tayyorgarlik koʻrish, fuqarolar vakillarini saylash, fuqarolar yigʻini oqsoqoli lavozimiga eng munosib nomzodlarni tanlash kabi ishlarning amalga oshirilayotgani haqida gapirdi.

Seminar yigʻilishi kun tartibidagi masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Botir Matmurodov maʼruza qildi.
Fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va oʻtkazishga doir ishlarni yanada yaxshilash masalalariga bagʻishlangan ushbu seminar oʻzaro muloqot, savol-javoblar asosida oʻtkazildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶