OʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashi tashabbusi bilan obodonlashtirish aktsiyasi oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Yoshlar obodonlashtirish aktsiyasi” doirasida yakka-yolgʻiz, mehnatga layoqatsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarning holidan xabar olinib, ularning uylari atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

16-aprel kuni “Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 3-sonli boshlangʻich partiya tashkiloti yetakchisi Sh.Madrimovning 3-sonli Amudaryo akademik litseyning 50 nafardan ziyod oʻquvchilari bilan birgalikda koʻzi ojizlar jamiyati binosi atrofida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirgani shunday xayrli ishlardan birisi boʻldi.
Joylarda boshlangʻich partiya tashkilotlari tomonidan yoshlar ishtirokida amalga oshirilayotgan shu kabi xayrli ishlar yoshlarda maʼnaviy immunitetni, insoniylik, mehr-muruvvat tuygʻularini shakllantirishda muhim omil boʻlayotir.
OʻzMTDP tuman Kengashi tashabbusi bilan boshlangan “Yoshlar obodonlashtirish aktsiyasi” davom etayapti.
Yu.Oʻrinboyeva, OʻzMTDP tuman Kengashi
yetakchi mutaxassisi, ijrochi kotib.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶