KITOB SOVGʻA QILISh ANʼANASI 38-MAKTABDA DAVOM ETDI
Umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi yoshlarini kitob mutolaasiga keng jalb qilish, ularni oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining, jahon adabiyotining nodir namunalarini oʻqishlariga imkoniyat yaratish maqsadida taʼlim muassasalari sobiq oʻquvchilarining oʻzi oʻqigan maktabiga oʻzi oʻqigan badiiy asarlarini sovgʻa qilishi yaxshi anʼanaga aylanib bormoqda.

Shu yilning 17-aprelida 38-sonli maktabni 1988-yilda tamomlagan, ayni kunda Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi 4 - sonli Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida xizmat qilayotgan podpolkovnik Davronbek Boltaboyev oʻzi uchirma boʻlgan taʼlim maskaniga kelib, oʻqituvchilar jamoasi, oʻquvchilar bilan uchrashdi va maktab kutubxonasiga oʻzining oʻqigan kitoblaridan sovgʻa qildi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶