Partiya gʻoyasi keng targʻib qilinmoqda
2019-yil 16-aprel kuni NDPI qoshidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyidaOʻzMTDP Amudaryo tuman Kengashining Yangiobod MFYdagi
№3-sonli boshlangʻich partiya tashkilotining 1 chorak faoliyati yakunlari boʻyicha umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Yangiobod MFYdagi №3-sonli boshlangʻich partiya tashkiloti aʼzolari hamda tuman OAV xodimlari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda Yangiobod MFYdagi №3-sonli Boshlangʻich partiya tashkilotining 1-chorak faoliyati yakunlari toʻgʻrisida Boshlangʻich partiya tashkiloti raisi Sherzod Madrimovning xisoboti tinglandi. U oʻz hisobot maʼruzasida hududdagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarini bayon etdi. OʻzMTDP Ustavining III-IX boʻlimlarida belgilangan mezonlarga muvofiq partiya aʼzolik badallari toʻlovi miqdori va toʻlovi toʻgʻrisida yigʻilish qatnashchilariga toʻliq maʼlumot berdi.

Yigʻilish soʻngida OʻzMTDP tuman Kengashining VI Konferentsiyasiga partiya aʼzolaridan Sherzod Madrimov va Ismatullo Qurbonboyevlar delegat qilib saylandi hamda partiya aʼzolari safini kengaytirish, partiya gʻoyasini keng targʻib qilish, aholi muammolarini oʻrganish masalalari muhokama etildi.
Yu.OʻRINBOYeVA, OʻzMTDP tuman Kengashi
yetakchi mutaxassisi, ijrochi kotib.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶