DEPUTAT OʻZ SAYLOVChILARI IShONChINI QOZONAYaPTI
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Bahrom Madaminov Kengash sessiyalariga masalalar kiritishda, 2-Chordara saylov okrugi saylovchilari bilan tez-tez uchrashuvlar oʻtkazib, ularning turmush sharoitlari va muammolarini oʻrganishda, shuningdek, OʻzXDP deputatlik guruhi faoliyatini yaxshilashda faol harakat qilmoqda.
Deputat B.Madaminov Xalq deputatlari tuman Kengashi sesiyalarida faol qatnashib, oʻzining fikr va takliflarini bildirib kelmoqda. Jumladan u Xalq deputatlari tuman Kengashining 43-sessiyasida hududiy nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quuvatlashni yanada yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining boʻlimlarini ochish va nodavlat notijorat tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlarning oylik maoshlaridan daromad soligʻiga imtiyozlar berish toʻgʻrisida takliflar bildirgan.
Deputat B.Madaminov 2018-yilda tumanda OʻzXDP tomonidan “Istiqbol” yoshlar qanoti koʻrik-tanlovining oʻtkazilishiga katta yordam berdi.
Shuningdek, deputat Bahrom Madaminov OʻzXDP tuman Kengashi huzurida faoliyat yuritayotgan “Targʻibotchilar guruhi” aʼzosi sifatida “Partiyalar imidji, partiyalararo raqobat yuritishda siyosiy gʻoyalarning aks etishi, targʻibot-tashviqot ishlarining shakllari va usullari”, “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar Strategiyasida belgilangan “Davlat va jamoat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari”, “26-iyun – giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz – giyohvandlikka qarshimiz!”, “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yillik bayrami munosabati bilan “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim” va yana koʻplab mavzulardagi oʻquv-seminarlari, davra suhbatlari va tadbirlarda faol qatnashib keldi.
B.madaminov oʻzi deputatlikka saylangan 2-Chordara saylov okrugi saylovchilari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar oʻtkazib kelayapti. U 2018-yilda 28 nafar fuqaroni qabul qilib, ularning murojaatlarini oʻrganib chiqdi va deputatlik vakolatiga oid masalalarni ijobiy hal qilishga erishildi.
2-Chordara saylov okrugi saylovchilari oʻz deputatlari – Bahrom Madaminovning faoliyatidan, uning saylovchilarga boʻlgan eʼtiboridan minnatdor boʻlishmoqda.
Bu – saylovchilarning oʻz deputatiga boʻlgan ishonchi hisoblanadi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶