BOLA HUQUQLARI BOʻYIChA MILLIY QONUNChILIK YaNADA TAKOMILLAShTIRILMOQDA
Milliy huquqiy tizimimizda bola huquqlariga oid qonunlar alohida oʻrin tutadi. Oʻzbekistonda ushbu sohada 100 dan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar tatbiq etildi.
Soʻnggi yillarda BMTning Bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda, qariyb 20 ta qonun qabul qilindi. Bundan tashqari, Oila kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat kodeksi, Jinoyat ijroiya kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va boshqa bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Oʻzbekistonda mustaqillikka erishilgandan soʻng, Oʻzbekiston parlamenti ratifikatsiya qilgan birinchi majburiy xalqaro-huquqiy shartnoma – Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konventsiyadir. Ushbu Konventsiyani jahon bolalarining oʻziga xos xalqaro Konstitutsiyasi deyish mumkin. Oʻzbekiston bola huquqlariga oid oʻndan ortiq xalqaro shartnomalarga ham qoʻshilgan.
Yurtimizda bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli ezgu ishlar izchil davom ettirilishi bilan birga yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarilmoqda. Shu qatorda joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilingani ayni yoʻnalishdagi islohotlarning uzviy va qatʼiy, izchil va bosqichma-bosqich asosda davom etayotganining yorqin tasdigʻidir.
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiya talablarini har tomonlama hayotga tatbiq etish, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan bolalarning huquqlarini amalda kafolatlash, ularning jismoniy, intellektual, ruhiy va maʼnaviy yetuk avlod boʻlib yetishishini taʼminlash, shuningdek, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan mazkur Qaror bolalar himoyasiga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.
Aytish mumkinki, bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi yanada kuchaytirilishi, bu boradagi qonunchilikning takomillashtirilishi barkamol, jismoniy va ruhiy sogʻlom avlod tarbiyalanishiga, jamiyat ravnaqiga hissa qoʻshadigan insonlar voyaga yetishiga xizmat qiladi.
Aziz Qurboniyozov, tuman IIB boshligʻining Yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶