OTABEK – “ENG YaXShI BLOGEP” NOMINATsIYaSI GʻOLIBI BOʻLDI
Yoshlarning oʻqib-izlanishlari, oʻz iqtidorlarini toʻla namoyon eta olishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar oʻzining samaralarini berayotgani juda quvonarlidir.
Asli tumanimizning Beshovul mahallasida tugʻilib-oʻsib, 8-sonli umumtaʼlim maktabini tugatgan Otabek Pahimboyev hozir Qoraqalpoq davlat universitetining tabiatshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi.
Uning qiziqishlari doirasi keng. Xususan tabiatni asrab-avaylashga targʻib etuvchi va boshqa turli mavzulardagi maqolalari turli nashrlarda yoritilgan. Otabek oʻtgan yilda Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filologiyasi fakulteti jurnalistika kafedrasi huzuridagi “Yosh” jurnalistlar tayyorlash klubi”ning 5 oylik mashgʻulotlarida qatnashib, maxsus sertifikatga ham ega boʻldi. Klubdagi mashgʻulotlar uning iqtidorini yanada yuksaltirdi, dunyoqarashini kengaytirdi, matbuotga oʻzgacha hurmat hissini tarbiyaladi. Buni uning klubning 2018-yil sentyabrdan oʻz faoliyatini boshlagan “Orol – 24.uz” saytida yoritilayotgan maqolalaridan ham bilish mumkin.
Saytda oʻz blogiga ega yosh talaba hayotida yaqinda quvonchli voqea boʻldi: shu yil 4-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining qoraqalpoq filologiyasi fakulteti jurnalistika kafedrasi tashkil etgan “Jas jurnalist - 2018” tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi. Natijalarga koʻra, Otabek Pahimboyev “Eng yaxshi bloger” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi. Bu yutuq uni yana ham ulkan ijodiy ishlarga ruhlantiradi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶