“Doimo eʼtiborimizdasiz” deb nomlangan aktsiya oʻtkazildi
Mamlakatimizda keksalar, pensonerlar va imkoniyati cheklangan insonlarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish, aholining ehtiyojmand qatlamlariga manzilli gʻamxoʻrlik qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasining saylovoldi platformasida ham nogiron, yolgʻiz yashovchi keksalar, imkoniyati cheklangan fuqarolarni moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash asosiy vazifalardan biri qilib belgilangan edi. Oʻtgan davr mobynida bu vazifalar ijrosi taʼminlanib, mahalliy kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari tomonidan nogironlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash sohasidagi amaldagi qonunlarga oʻzgarishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlanib havola etildi, joylardan nogironlarga tibbiy-ijtiomiy yordam koʻrsatish holatini yaxshilash maqsadida vakolatli organlar faoliyati tanqidiy oʻrganilib, sessiyalarda muhokama qilib borildi.
Yaqinda OʻzXDP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan tumanimizda oʻtkazilgan “Doimo eʼtiborimizdasiz” maʼrifiy yoʻqlov aktsiyasi ham bu boradagi amaliy ishlarning biri boʻldi. Tadbir davomida OʻzXDP tuman Kengashi deputatlari, faollari nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga bagʻishlangan targʻibot ishlari olib borildi, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida hashar oʻtkazildi, imkonyati cheklangan shaxslarga moddiy yordamlar berildi. Shu kuni OʻzXDP Qoraqalpoq Respublika Kengashi raisining jamoatchilik asosidagi oʻrinbosari Nazira Matyoqubova, OʻzXDP tuman Kengashi ijrochi kotibasi Fazilat Karimova va tuman Kengashi deputati Sanobar Xoʻjamurodovalar ham Mangʻit shahrida yashovchi imkoniyati cheklanganlar Dilnoza Shomurodova, Muyassar Qalandarova, Muborak Yodgorovalarning xonadonlarida boʻlib, yashash sharoiti bilan tanishdilar, dildan suhbat qurib, sovgʻa-salomlar berdilar.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶