TOK-ShOUDA AMUDARYoLIK YoSh OILA GʻOLIB BOʻLDI
Joriy yilning 13-may kuni Qoraqalpoq davlat universiteti madaniyat saroyida «15-may – Xalqaro oila kuni»ga bagʻishlab, universitetning yosh oilali talaba-yoshlari oʻrtasida «Mustahkam oila – jamiyat poydevori» shiori ostida «Kelin-kuyovlar» tok-shousi oʻtkazildi.
Unda 10 ta fakultetdan oilali talabalar qatnashdilar.
Mamlakatimizda sogʻlom oilani shakllantirish, oilada yuksak maʼnaviy-axloqiy muhitni qaror toptirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, yosh kelin-kuyovlarni oilaga tayyorlash, oila manfaatlarini himoyalash, sogʻlom farzand oʻstirish, tarbiyalash va voyaga yetkazishga hissa qoʻshish maqsadiga xizmat qiluvchi tadbirga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Ibragimova qatnashdi.
Tok-shouda yosh oilali kelin-kuyovlarning oʻzaro chaqqonligi, ziyrakligi, oila mustahkamligiga erishish borasidagi bilimlari sinovdan oʻtkazildi.
Kelin-kuyovlar 4 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Tadbir yakunida nominatsiyalar boʻyicha tanlov gʻoliblari aniklandi va tashkilotchilar tomonidan diplom, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Tok-shouda Amudaryo tumanining Oʻrta qalʼa ovulidan Karimovlar oilasi “Eng zamonaviy yosh oila” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Hakim Karimov va Nargiza Kengesbayevalar Qoraqalpoq davlat universiteti tabiatshunoslik fakulteti geografiya yoʻnalishi 3-kurs talabasi. Yosh oila nafaqat universitetda, balki tumanimizdagi Oʻrta qalʼa ovulida ham eng namunali yosh oilardan hisoblanadi.
Otabek RAHIMBAYeV, QQDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶