Tuman hokimligi 49 ta fuqarolar yigʻinlariga kompyuterlar va printerlar sovgʻa qildi
Joriy yilning may oyida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi barcha joylarda boʻlgani kabi tumanimizda ham uyushqoqlik bilan, demokratik tamoyillar asosida oʻtkazildi. 24-may kuni tuman hokimligida saylov yakunlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Tajiboy Romanov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul hodimlari, muassasa-korxona tashkilot rahbarlari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish raislari, kotiblari hamda mahalladagi xotin-qizlar qoʻmitasi mutaxasislari ishtirok etdilar.

Tadbirda tumanimiz hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib saylov yakunlari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. Tumanimizdagi 49 ta fuqarolar yigʻinidagi saylovlarda jami roʻyxatga olingan 15 ming 265 nafar vakillarning 13 ming nafardan ortigʻi, yaʼni 85 foizdan koʻprogʻi bevosita saylov jarayonida ishtirok etdi. Demokratik tamoyillar asosida, yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazilgan saylovlarda 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislarining 32 nafari yangidan saylandi. 17 ta fuqarolar yigʻinlari raisligiga esa ilgari shu lavozimda ishlab kelayotgan nomzodlar saylandi. Fuqarolar yigʻinlari raislarining 7 nafari ayollardir.
Yigʻilishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Tajiboy Romanov soʻzga chiqib, Amudaryo tumanida saylovlar namunali tarzda oʻtkazilib, unda fuqarolar oʻz mahallasining kelajagi uchun uyushqoqlik bilan ishtirok etib, munosib nomzodlarga ovoz berganliklarini taʼkidlab oʻtdi va saylovni tashkil qilish, uni oʻtkazishga koʻmaklashgan barcha masʼullarga minnatdorchilik bildirdi.
Kengash raisining birinchi oʻrinbosari oʻz soʻzida yangi saylangan fuqarolar yigʻini raislariga minnatdorchilik bildirdi hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman boʻlnmasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Ashirboy Qoʻshayev boshqa ishga oʻtgani munosabati bilan ushbu lavozimga tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari lavozimida ishlab kelgan Boltaboyev Bahodir Bozorboyevichning tayinlangani haqidagi buyruqni oʻqib eshittirdi. Tajiboy Romanov Bahodir Boltaboyevning kelgusidagi faoliyatiga omad tiladi.
Shuningdek, yigʻilishda Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini raisi Zebo Rajabova soʻzga chiqib, saylovlarda unga bildirilgan yuksak ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi va fuqarolar yigʻinlari raislari oldida turgan muhim vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilishda saylovda faol ishtirok etgan masʼullarga faxriy yorliqlar topshirildi va fuqarolar yigʻinlarida zamon talablari asosida ish tashkil qilish hamda ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida tuman hokimining tashabbusi bilan 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarining har biriga kompyuter jamlanmasi hamda printer sovgʻa qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶