Targʻibotchilar guruhi aʼzolari va boshlangʻich partiya tashkilotlari raislari uchun oʻquv-seminar oʻtkazildi
O'zLiDeP tuman Kengashi huzurida shakllantirilgan targʻibotchilar (liderlar) guruhi aʼzolari va BPT raislari uchun tuman hokimligida oʻquv-seminar tashkil etildi.
24-may kuni boʻlib oʻtgan oʻquv-seminarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi Siyosiy taʼlim markazi boʻlim boshligʻi N.Olimov, Ijroiya qoʻmitasi masʼul xodimi G.Xolmurodova, O'zLiDeP Qoraqalpogʻiston Kengashi vakili Q.Beknazarov hamda partiyaning tuman Kengashi apparat rahbari M.Beknazarovalar ishtirok etdilar.
Oʻquv-seminarda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida O’zLiDeP tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Xalqimiz turmush darajasini yanada oshirish maqsadida yechimini kutayotgan muammolar va ularni hal etish chora-tadbirlari muhokama etildi. Shuningdek, oʻquv-seminar davomida tagʻibotchilarga partiya Ustavi va dasturida belgilangan maqsad va vazifalar, koʻppartiyaviylik sharoitida xalq ishonchini qozonishga alohida eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi.
Oʻquv-seminar yakunida muhokama etilgan masalalar boʻyicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶