BOLA HUQUQLARIGA OID YaNGI INSTITUT JORIY ETILDI
Maʼlumki, har yili 1-iyun sanasi dunyo hamjamiyatida “Xalqaro bolalar kuni” sifatida keng nishonlanadi.
Bolajon xalq yashaydigan Oʻzbekistonda ham har yili ushbu sana munosabati bilan bor eʼtiborimiz bolajonlarga qaratiladi. Bu kuni istirohat bogʻlari, koʻngil ochar maskanlar, xiyobonlar, favvoralarda toʻplangan bolajonlar quvonchi, shodligi har qanday insonni begʻubor bolalik yillariga qaytishga undaydi. Darhaqiqat, mamlakatimizda farzandlarimizning barkamol avlod boʻlib yetishishi, ularning sogʻligi, taʼlim-tarbiyasiga berilayotgan eʼtibor bilan bir qatorda «Bola huquqlari» masalasi ham yurtboshimizning doimiy diqqat markazida. Bunga Prezidentimiz tomonidan soʻnggi yillarda qabul qilinayotgan oʻnlab Farmon, Qarorlarni, imzolanayotgan qonunlarni misol qilib keltirish mumkin.
Prezidentimizning “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari — Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimi joriy etilgani ham bu boradagi muhim yangiliklardan biridir. Bu mamlakatimizda onalik va bolalikni qoʻllab-quvvatlash, bolalarning maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konventsiyasi talablariga rioya etilishini taʼminlash borasidagi navbatdagi qadam boʻldi.
Qaror bilan endilikda ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi oʻzlari yashab turgan turar joylarni ular «Mehribonlik» uylariga joylashtirilgan, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga koʻra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar bronlashtirish huquqi berildi. Bundan keyin bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlari toʻliq koʻrib chiqilishi kafolatlanadi. Bola toʻliq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni koʻrmasdan qoldirishga yoʻl qoʻyilmasligi qaror bilan qatʼiy belgilab qoʻyildi.
Qarorga koʻra, endi oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga aliment toʻlash haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda toʻlanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish toʻgʻrisida sudga murojaat qilmagan hollarda 14 yoshga toʻlgan bola oʻzining taʼminoti uchun ota yoki onadan yoxud ota-onasi bilan birga yashamayotgan boʻlsa, bir vaqtning oʻzida ota-onaning har ikkalasidan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatishga haqli boʻldi. Bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan daʼvogar davlat boji va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi.
Qaror bilan hayotimizda yuz beradigan yana bir yangilik shuki, 2019-yil 1-sentyabrdan Oʻzbekiston Respublikasida erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi oʻn sakkiz yosh etib belgilandi. Shubhasiz qonunchilikdagi bu oʻzgarish yosh avlodning huquqlarini amalda kafolatlash, ularning jismoniy, intellektual, ruhiy va maʼnaviy yetuk avlod boʻlib yetishishini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, Qarorda ota-onasiz qolgan bolalarning taʼlim olish huquqiga ham alohida eʼtibor berildi. Yaʼni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari boʻlgan chin yetimlar uchun qoʻshimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalarini ajratish tartibi joriy etildi.
Bir soʻz bilan aytganda, davlatimiz tomonidan bola huquqlarini taʼminlashdagi bunday islohotlar samarasi yurtimizdagi har bir bola taqdirida aks etmoqda.
Fursatdan foydalanib Amudaryo tuman adliya boʻlimi barcha bolajonlarni “Xalqaro bolalar kuni” bilan tabriklaydi va ularning yuzlaridan hech qachon tabassum arimasligini tilab qoladi.
M.Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶