AHOLIGA DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISh TARTIBINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK MUQARRAR!
DXA OGOHLANTIRADI: AHOLIGA DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISh TARTIBINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK MUQARRAR!
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 215.5-moddasiga asosan:
- davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlarining arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etganlikda;
- davlat xizmatlari koʻrsatish chogʻida murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini va muddatlarini buzganlikda;
- arz qiluvchidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilib olganlikda;
- davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi vakolatli davlat organining qonuniy talabini (topshirigʻini) bajarmaganlikda ifodalangan tarzda buzilishi
Davlat xizmatlari agentligi organlari tomonidan quyidagi turdagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga asos boʻladi:
❗️mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶