ÖTKIR YuQUMLI IÇAK KASALLIKLARIDAN SAQLANING!
Yoz faslining issiq kunlari boşlanişi bilan aholi orasida ötkir yuqumli içak kasalliklari köplab uçaydi. Çunki yoz fasli uşbu kasallikni qözğatuvçi mikroblar hamda ularni taşuvçi zararli haşarotlarning köpayib, rivojlanişi uçun qulay şaroit hisoblanadi.
Ötkir yuqumli içak kasalliklarini uni qözğatuvçi mikroorganizmlar va boşqa infektsiyalar keltirib çiqaradi. Mikroblar oğiz orqali odam tanasiga tuşgaç, maʼlum muddatgaça xastalik belgilari yuzaga çiqmaydi. Lekin bu vaqt mobaynida mikroblar içaklarda köpayadi, toksinlar işlab çiqara boşlaydi. Bu muddat kasallikning yaşirin davri deyiladi va turliça keçib, bir neça soatdan 7-10 kungaça davom etişi mumkin. Uning davomiyligi içakka tuşgan kasallik qözğatuvçi mikroblarning miqdoriga, ularning xususiyati va odam organizmining kasallikka qarşi kuraşuvçanlik qobiliyatiga boğliq. Odam organizm qançalik kuraşuvçan bölsa, kasallik şunça yengil keçadi. Kiçik yoşdagi bolalar, ayniqsa gödaklar organizmining kuraşuvçanlik xususiyati hali töliq şakllanmaganligi sababli, ötkir yuqumli içak kasalliklariga moyil bölişadi. Kasallik bolalarda oğir keçadi, içning tez-tez va suyuq ketişi tananing suvsizlanişiga hamda boşqa asoratlarga olib kelişi mumkin.
Mazkur kasallikka xos bölgan umumiy klinik belgilar – darmon qurişi, tana haroratining kötarilişi, boş oğrişi, qorin sohasida oğriq, köngil aynişi, qayt qiliş, içning tez-tez va suyuq ketişi, baʼzida najasda qon aniqlanişida namoyon böladi.
Kimdadir mazkur belgilar kuzatilsa, zudlik bilan şifokorga murojaat qilişi, tibbiy yordam körsatilgunga qadar köproq suyuqlik içiş maqsadga muvofiq. Şifokor maslahatisiz uy şaroitida özboşimçalik bilan dori-darmonlar, ayniqsa antibiotik kabi qiliş mumkin emas.
Şaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etiş, hojatdan söng va ovqatlanişdan oldin qöllarni sovunlab yuviş odat tusiga kirişi lozim. Meva-sabzavotlarni oqar suvda yuvib isteʼmol qiliş zarur. Umumiy ovqatlaniş va şaxsiy uy amaliyotida ovqat mahsulotlarini tayyorlaşda sanitariya-gigiyena qoidalariga, amal qiliş, xom göşt va pişirilgan mahsulotlarga alohida işlov beriş, belgilanmagan suv havzalarida çömilmaslik zarur. Ötkir yuqumli içak kasalliklarining oldini oliş özimizga boğliq, yuqorida keltirilgan tavsiyalarga amal qilsangiz – ötkir yuqumli içak kasalliklaridan saqlangan hamda oila-aʼzolaringizni salomatligini mustahkamlaşga öz hissangizni qöşgan bölasiz.
G.BEKIYeV,
tuman DSENM epidemiolog şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶