“BIZ – BAXTIYoP, BAPKAMOL AVLOD” NOMLI TEATPLAShTIPILGAN MUSIQIY DASTUP NAMOYISh ETILDI

Tuman “Barkamol avlod”bolalar markazida 1-iyun – Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan “Barkamol avlod” bolalar haftaligi 10-iyun kuni nihoyasiga yetdi. Haftalik davomida markaz toʻgaraklarida tarbiyalanayotgan bolalar iqtidori va qiziqishlari doirasida 10 dan ziyod turli tadbirlar koʻrgazmalar, ijodiy ishlar tanlovlari, kontsert dasturlari namoyish etildi.
10-iyun kuni haftalikning yakuniy tadbiri – “Biz – baxtiyor, barkamol avlod” nomli katta teatrlashtirilgan kontsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari, hudud aholisi ham ishtirok etishdi. Ular markazda maktab taʼlimidan boʻsh vaqtlarida bolajonlarning iqtidorini rivojlantirish borasida izchil va samarali saʼy-harakatlar olib borilayotganining guvohi boʻldilar, bolalarning har bir chiqishini qiziqish bilan tomosha qildilar.
Tadbirda markaz direktori Xonimjon Pajabova markaz toʻgaraklariga faol qatnashib kelayotgan iqtidorli oʻquvchilarga sovgʻalar, ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirdi.

Haftalik yakuniy tadbirida oʻquv yili davomida toʻgarak mashgʻulotlariga toʻliq qatnashgan tarbiyalanuvchilarga guvohnomalar ham topshirildi.
“Biz – baxtiyor, barkamol avlod” nomli musiqiy dastur oʻquvchilarda, ularning ota-onalarida chuqur taassurotlar qoldirdi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶