RIZQIMIZNI YoNĞINDAN ASRAŞIMIZ KERAK
Tumanimizda ğalla örim-yiğimi boşlanmoqda. Mirişkor dehqonlarimizning zahmatli mehnatlari evaziga yetiştirilgan ğallani nobudgarçiliksiz yiğiştirib oliş, mavsumni namunali ötkaziş barçamiz uçun muhim. Ayniqsa, yonğin xavfsizligini taʼminlaş, don mahsulotlarini yonğindan asraş uçun bor imkoniyatlarimizni işga solişimiz zarur.
Örim-yiğim arafasida Yonğin xavfsizligi bölimi tomonidan tuman hududidagi donni qayta işlaş, saqlaş va qabul qiliş korxonalarida sodir bölişi mumkin bölgan yonğinlarning oldini oliş maqsadida tegişli profilaktik çora-tadbirlar amalga oşirildi.
Donni öriş va taşiş vaqtida yonğin xavfsizligi qoidalariga doir eslatma va plakat, turli hajmdagi rangli bannerlar tayyorlandi. Mavsum oldidan belgilangan joylarga örnatildi. Don saqlaş omborlari va xirmonlarida yonğin, asosan, elektr taʼminoti nosozliklari, nuqsonli ğalla yuklaş-tuşiriş kiçik mexanizmlarini işlatiş, xirmon hududida sigareta çekiş va oçiq olovdan foydalanişdan kelib çiqadi. Bularning oldini oliş uçun xirmonlar birlamçi yonğin öçiriş vositalari bilan taʼminlanişiga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, örim-yiğimga jalb etilgan kombayn, don taşişga möljallangan yuk avtomobillari, yonilği taşuvçi transportlar va plugli traktorlarning texnik sozligi hamda birlamçi yonğin öçiriş vositalari bilan taʼminlanganligi körikdan ötkazilib, fermer xöjaliklarining rahbarlari, mutasaddilari, işçi-xizmatçilar va haydovçilar örtasida yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş borasida yöriqnomalar, suhbatlar ötkazildi. Bundan taşqari, donni qayta işlaş, saqlaş va qabul qiliş korxonalarida taşkil etilgan köngilli yonğin öçiriş drujinalari va tegişli xizmatlar bilan hamkorlikda sodir bölişi mumkin bölgan yonğin va boşqa köngilsiz hodisalarni zudlikda bartaraf etişga erişiş maqsadida amaliy maşqlar taşkil etildi.
Maʼlumki, ğallasi örilgan maydonning yoqib yuborilişi tuproq unumdorligining pasayişiga, havoga zaharli moddalar ajralib çiqişiga sabab böladi. Bundan taşqari, atrofdagi örilmagan maydonlarga ham yonğin ötib ketiş xavfi ortadi. Fuqarolar bilan suhbatlarda ana şu masalaga katta eʼtibor qaratildi.
Don – rizq-rözimiz. Ğalla örim-yiğimi mavsumida yonğin havfsizligini taʼminlaş esa ğoyat muhim masala. Agar yonğin xavfsizligi qoidalariga töla amal qilinsa, örim-yiğim mavsumi köngildagidek, heç qanday talafotlarsiz ötadi.
H.MATYoQUBOV, tuman YoXB boşliği, mayor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶