17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 08:10
Jamiyat 👁 716

“AmuKids” oʻquv markazi yosh avlod kamoliga xizmat qiladi

“AmuKids” oʻquv markazi yosh avlod kamoliga xizmat qiladi

Mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni chuqur bilimli, tafakkuri keng, yuksak ijodiy qobiliyatli qilib tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Iqtidorli bolalar maktablari, ixtisoslashgan maktablar tarzida tashkil etilayotgan Prezident maktablari aynan shu maqsadga xizmat qiladi.

Tumanimizda iyun oyining boshida oʻz faoliyatini boshlagan “AmuKids” oʻquv markazi faoliyati ham boshlangʻich taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan. Chunki boshlangʻich taʼlimni puxta va chuqur egallab, mustahkam bilim poydevoriga ega boʻlgan bola yuqori sinflarga oʻtganida dars mashgʻulotlari murakkablashganidan yo koʻpayib borishidan qiynalmaydi, oson oʻzlashtira boradi. Ayniqsa bolalarning mental arifmetika bilan shugʻullanishi bolalarning aqliy qobiliyatini, tafakkurini oʻstirishga va boshqa fanlardan ham mustahkam bilimga ega boʻlishiga zamin yaratishi tajribalarda aniqlangan.

Maktab dasturida bolalar odatda matematikani oʻrganish, raqamlarni  oʻzlashtirish va odatiy arifmetik hisoblash jarayonida faqatgina  miya yarim sharining bir tarafidangina foydalanadi, faqat mantiqiy fikrlaydilar. Pasm chizish yoki mehnat darslarida yaratuvchanlik qobiliyati shakllanadi.

Mental arifmetika bilan shugʻullanish va shu uslubda misollar yechish natijasida bolaning ikkala miya yarim shari ham baravariga ishlaydi. Va yana bola oʻzi sezmagan holda miyasini ham mantiqiy fikrlashga, ham yaratuvchanlik qobiliyatini qoʻllashga majburlaydi. Bu dastlabki uch oy ichida oʻz natijalarini bera boshlaydi.

Mental arifmetika orqali fikrlashga oʻrgangan bola olgan koʻnikmalarini taʼlimning barcha darsliklarini oʻzlashtirishga hamda hayotining har bir lahzasida qoʻllay oladi, aqliy qobiliyati boshqa tengdoshlaridan keskin farq qiladi.

Bu satrlarni oʻqigan ota-onalarning koʻnglidan albatta, mening ham farzandim shunday bilimlarga ega boʻlsa edi, degan oʻy oʻtishi shubhasiz. Axir farzandlarimiz umrimiz davomchilari, barcha orzu-umidlarimiz roʻyobi ularga bogʻliqda.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining boshlangʻich taʼlim fakultetini muvaffaqiyatli tugatib kelib, oʻz pedagogik faoliyatini 40-sonli oʻrta maktabda boshlagan Zuhra Yernafasova ham bu haqda davriy matbuotda, ijtimoiy tarmoqlarda oʻqib, qiziqib qoldi, oʻz hududimizda ham bolalarga shunday taʼlim beruvchi markaz tashkil qilish, tumanimiz bolalarining  intellektini rivojlantirish fikri unga tinchlik bermay qoʻydi. Bu haqda tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga murojaat qildi, respublika intellektni rivojlantirish markazi seminar treninglarida qatnashib, bu borada avval oʻz bilimlarini boyitdi. Nihoyat bir necha oy qilgan harakatlari natijasida  Mangʻit shahrida “AmuKids” oʻquv markazini tashkil etishga muvaffaq boʻldi.

Yakka tadbirkor sifatida tashkil etgan oʻquv markazida bolalarni maktabga tayyorlov guruhi, mental arifmetika, ingliz tili, rus tili, ona tili, matematika, Prezident maktablariga tayyorlov kurslari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

- Ish boshlaganimizga bir necha kungina boʻlgan boʻlsa-da, hozir markazimiz oʻquv kurslariga qatnashayotgan bolalar soni 100 nafardan oshib ketdi. Murojaat qilayotgan ota-onalar soni esa koʻp. Imkoniyatimiz darajasida ularni qamrab olishga intilamiz, - deydi Zuhra Yerlafasova.

Kelgusi avlod kamoloti yoʻlidagi har bir xayrli ish eʼtiroflarga munosibdir. Biz ham yosh tadbirkor muallim qizga boshlagan ishi oʻngidan kelishini tilab qolamiz.


Oygul PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019