“Barçasi öz qölingda” tarğibot dekadasi doirasida futbol musobaqasi ötkazildi

Yoşlar örtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini oşiriş maqsadida respublikaning barça hududida Özbekiston yoşlar ittifoqi har oyda “Barçasi öz qölingda” şiori ostida tarğibot dekadasi – ön kunligi tadbirlarini ötkazmoqda. Tadbir doirasida nazoratsiz qolgan voyaga yetmagan yoşlar örtasida yakka suhbatlar, tuşuntiriş işlari, tibbiy körik va tungi reydlar, soğlom turmuş tarzini şakllantiriş böyiça turli sport musobaqalari taşkil etilmoqda.


14-iyun kuni tumanimizda ham mazkur dekada doirasida Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi va tuman IIB hamkorligida mini futbol musobaqasi ötkazildi. Musobaqaga IIO Probatsiya guruhi hisobida turgan yoşlar jalb etildi. Unda Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan kafillikka olingan yoşlar ham faol qatnaşişdi.
Qizğin ötgan musobaqa ğoliblari taşkilotçilar tomonidan diplom va sovğalar bilan taqdirlandilar.
D.Abdurahmonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶